«Ilgari riştonlik kulollar öz uyida, tor ustaxonalarda işlardi. Xorijlik turistlar uçun şaroit yöq edi.
Davlatimiz rahbarining 2017 yil 17 noyabrdagi farmonidan keyin hunarmandçilikni rivojlantiriş va hunarmandlar uçun keng imkoniyatlar yaratila boşlandi. Mazkur farmonga muvofiq, ötgan yillarda Qöqon va Marğilon şaharlarida hunarmandçilik markazlari qurilgan edi. Riştondagisi maşhur kulolçilik yönalişida böldi.
Bu yerda 20ta ikki qavatli kulollar xonadoni, Rişton tarixi muzeyi, bank xizmatlari markazi bunyod etilgan. Uylarning birinçi qavatida ustaxona va savdo dökoni joylaşgan, ikkinçi qavatda hunarmandlar oilasi yaşaydi.
Xonadonlarda 6 örinli mehmonxona ham mavjud. Çet ellik sayyohlar bu yerda yaşab, kulollarning işi bilan tanişişi mumkin.
Markaz foydalanişga topşirilişi bilan 250 ga yaqin iş örni yaratildi. Kulolçilik mahsulotlari Birlaşgan Arab Amirliklari, Çexiya, Turkiya, Rossiya, Ozarbayjon, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston kabi davlatlarga eksport qilinmoqda», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Davlat rahbari Özbekiston xalq ustasi Alişer Nazirov ustaxonasida böldi. Körgazmaga qöyilgan kulolçilik buyumlarini közdan keçirdi.

«Bu idişlarda mehnat bilan, yurak bilan birga tarix ham bor. Hamma yönalişlarda milliy an'analarimizni tiklayapmiz. Sopol buyumlarni ham yana ommalaştirib, har bir xonadonga kiritiş kerak. Ularni çet elliklar juda qadrlaydi. Çunki çiroyli, sifatli, ekologik toza. Yurtimizdagi har bir uyda mana şunday idişlar bölsa, ham milliy iftixor, ham ma'naviyat böladi», dedi Şavkat Mirziyoyev.

Prezident taniqli kulollar Muzaffar Saidov va Şarofiddin Yusupov xonadoniga ham kirib, ular bilan suhbatlaşdi.

Kulollarga aylanma mablağ va imtiyozlar beriş, boşqa hududlarimizda dökonlar oçişiga kömaklaşiş, mamlakatimizning xorijdagi elçixonalarida körgazma-savdo rastalari taşkil etiş böyiça körsatmalar berildi.





















