Özbekiston transport prokuraturasi yöl quriliş sohasidagi qonunbuzilişlar statistikasi böyiça ma'lumot berdi.

«Respublika transport prokuraturasi 2020 yilda yöl va köprik quriliş sohasida budjetdan ajratilgan pullarni özlaştiriş holati böyiça 40ga yaqin jinoyat işi oçilgan. Yöllar qurilişidagi korrupsion holatlar böyiça 11,5 mlrd sömlik davlat mulki talon-toroji foş etildi.

2020 yil Transport prokuraturasi va yöl taşkilotlari tomonidan korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça bir neça qöşma qarorlar imzolandi. Şunga binoan, har bitta topşiriladigan obekt töğrisidagi ma'lumot Transport prokuraturasi nazorati uçun berilişi kelişib olindi.

Bu – har bir topşiriladigan obektni öz vaqtida, sifatli qabul qilib oliş, korrupsion holatlarni bartaraf etişga olib keladi.

Alişer Majidov

Şu bilan birga, 2020 yil davomida Transport prokuraturasi rahbariyati tomonidan har bir obektga çiqib yöllar ahvoli örganildi. Mavjud holat qoniqarli emas.

Qonunçilikda ham bir neça kamçiliklar bor edi, ya'ni yöllarni qurişda işlatiladigan davlat standartlari, yöriqnoma va qoidalari sobiq ittifoq davridagi standartlar bilan olib borilmoqda. Misol uçun, öşa paytlarda yöllar 14 tonnalik yuk maşinalariga moslaştirilgan bölsa, bugungi kunda 80 tonnalik avtomobillar yöllarimizda yuribdi. Bu ham yöllar sifati tez buzilişi, işdan çiqişiga olib keladi.

Şuning uçun bu borada takliflar berilgan va davlat standartlari özgartiriladi», – dedi Transport prokuraturasi prokurori Alişer Majidov 3 fevral kungi matbuot anjumanida.

Matbuot anjumanida qatnaşgan Avtomobil yöllari davlat qömitasi raisining 1-örinbosari Şuhrat Nazarov loyiha institutlari monopoliyasi tugatilgani, oçiq tender savdolari haqida gapirdi.

«2019 yil oxirida qabul qilingan prezident farmon va qarorlari bilan yöl xöjaligi tizimidagi manfaatlar töqnaşuvini bartaraf qiliş böyiça keskin qadamlar qöyildi. Bu yerda loyiha institutlari monopoliyasi töliq tugatildi. Oçiq tender savdolari orqali loyiha buyurtmalarini oliş, ijroçi sifatida qatnaşiş mumkin.