Respublika transport prokuraturasi tomonidan tanqidiy-tahliliy örganiş işlari olib borildi. Transport prokurori Ma'rufxon Xöjayev tizimda köplab qonunbuziliş holatlari aniqlangani haqida ma'lumot berdi.
«Joriy yilning may-iyun oylarida olib borilgan örganişlarda mansabdor şaxslarning öz işiga mas'uliyatsizligi oqibatida jami 650ta inson omili bilan boğliq kamçiliklar aniqlandi. 2021 yilning 6 oyi mobaynida ijtimoiy tarmoqlarda metropolitendagi holatlar bilan boğliq 10ga yaqin videoroliklar tarqalgan. Metropolitenni quriş jarayonida köplab quriliş mahsulotlari talon-toroj qilingan.
Xususan, Toşkent halqa yöli yerosti metropolitenida olib borilgan quriliş işlarida 899 million söm mablağ talon-toroj qilingan. Mazkur holatlar yuzasidan tegişli tartibda jinoiy iş qözğatilgan. Tergov natijalariga köra, aybdor xodimlarga jazo muqarrarligi ta'minlanadi», dedi Ma'rufxon Xöjayev.
Avvalroq, Transport prokuraturasi 2020 yilda yöl va köprik quriliş sohasida budjetdan ajratilgan pullarni özlaştiriş holati böyiça 40ga yaqin jinoyat işi oçilgani hamda 11,5 mlrd sömlik davlat mulki talon-toroj qilinişi foş etilgani haqida ma'lum qilgan edi.
Metro endi xavfsiz transport emasmi? Köngilsizliklar qaçongaça davom etadi?













