Xorazm viloyati, Tuproqqal'a tumani, Bazirgon qişloği – Özbekistonning eng çekka hududlaridan. Uni yurtimizning eng kiçik maskanlaridan biri desak ham mubolağa bölmaydi: qişloq atigi 8ta uydan iborat.
Sahro bağrida joylaşgan bu qişloqda ijtimoiy obektlar deyarli yöq, ammo kiçikkina maktab bor.

Qişloq bolalari 35 km uzoqlikdagi maktabga qatnay olişmaydi: bu yerlarda jamoat transporti yöq. Şu sababli maskanda mö'jaz maktab, kiçik sinfxona taşkil etilgan.
66 yoşli Gavhar Boboyeva 20 yildan beri öz uyida taşkil etilgan mana şu sinfxonada bolalarga bilim berib kelmoqda. Fidoyi ayol – şu maktabning ham direktori, ham öqituvçisi, ham qorovuli.

«1955 yilda Boğot tumanining Öğuzravot qişloğida tuğilganman. 1979 yilda Toşkent davlat universitetining Biologiya fakultetini tugatdim. 1995 yilda Pitnak şahridagi Sizov nomli 2-son maktabga işga kirdim.
2001 yilda meni Bazirgon qişloğiga, maktab filialiga jönatişdi. Şu yerdan uy berişdi, uning bir qismida qişloq bolalari uçun kompleks sinfxona taşkil etildi. Mana, 20 yildan beri şu yerda işlab kelmoqdaman», – deydi muallim ayol.

Kompleks sinfda 10 nafar bola ta'lim olmoqda. Qiziği şundaki, ularning sinfi ham turliça – 1-sinfdan 11-sinfgaça. Ularning hammasiga bir sinfxonada, bir vaqtning özida dars ötiladi.
«Qişloğimizda 8 ta oila bor. Ularning 10 nafar farzandini kompleks sinfda öqityapman. 1-, 6-, 7- va 11-sinfda 1 nafardan, 3-, 4- va 5-sinfda 2 nafardan öquvçim bor».
Kompleks sinfda darslar ertalab soat 8da boşlanadi. Maşğulotlar har bir öquvçi uçun alohida, individual tarzda ötkaziladi. Gavhar Boboyeva mutaxassisligi kimyo va biologiya öqituvçisi bölişiga qaramay, barça asosiy fanlardan dars beradi.
«Mutaxassisligim – kimyo va biologiya öqituvçisi, ammo barça asosiy fanlardan dars beraman. Qişloq bolalarida boşqa maktablarga boriş imkoniyati yöq. Şu tufayli, kompleks sinfda ularga barça fanlar öqitiladi».




















