
«Hukmdor Usmon» seriali Özbekistonda namoyiş etila boşlaganidan 2 hafta ötib, 2020 yil dekabrida efirdan olingan edi.
Kun.uz manbasiga köra, efir töxtatilişiga Din işlari böyiça qömita raisining örinbosari Dilşod Eşnayev va AOKAning xatlari sabab bölgan.
Serial 2020 yil 30 noyabr kuni «Mening yurtim» telekanali orqali efirga uzatila boşlagandi. Oradan ikki hafta ötib, 16 dekabr kuni namoyiş töxtatib qöyildi. Efirning uşbu vaqtida ketgan boşqa bir serial davomida bu holat «texnik nosozlik» degan titr bilan izohlandi.
Oradan 2 oy vaqt ötgan bölsa-da, bu «texnik nosozlik» bartaraf etilmadi, ya'ni «Hukmdor Usmon» efirga qaytarilmadi.
«Mening yurtim» telekanali direktori Nozim Qodirov Kun.uz bilan suhbatda serial namoyişi nega töxtatilganiga izoh bera olmasligini bildirdi. Ammo u telekanal serialni namoyişga tayyorlaş uçun ançagina xarajat qilganini ta'kidladi.
«Serialni uni suratga olgan prodyuserlik kompaniyasidan qonuniy şartnoma asosida sotib olgandik. Unga tölanadigan pul, tarjima, montaj va boşqa işlar uçun jami 3 mlrd sömdan ortiqroq mablağimiz ketdi», – dedi MY5 telekanali direktori.
Telekanalning şaxsini oçiqlamaslik şarti bilan Kun.uz'ga gapirgan boşqa bir vakiliga köra, teleserial namoyişi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, şuningdek, Din işlari böyiça qömita raisi örinbosari Dilşod Eşnayevning bevosita aralaşuvi bilan töxtatilgan.
«Texnik nosozlik deyişdi. Aslida bu qanday nosozlik ekanini aytolmaydigan qilib qöyişgan.
Teleserialni töxtatiş böyiça telekanalga rasmiy xat AOKAdan yuborilgan. Unga esa Din işlari böyiça qömita raisi örinbosari Dilşod Eşnayevning serialni töxtatiş böyiça AOKAga yuborgan xati asos bölgani körsatilgan.
Boşliq (direktor Nozim Qodirov nazarda tutilmoqda – tahr) AOKAga serial diniy mazmunda emasligi, Vazirlar Mahkamasi qarori bilan körsatilgan diniy materiallar serialda körsatilmagani haqida javob xati yuborgan.
Unda şuningdek, serialning falsafasi, voqealar rivoji diniy tarğibot maqsadida bölmagani, dinning arkonlari körsatilmagani, faqatgina tarixiy, muxlislarga qiziqarli serial ekanini ham yozgan.








