Odatda kamtarroq ötadigan qişki transferlar oyi bu safar yanada zerikarliroq keçdi. Pandemiya tufayli yuzaga kelgan inqiroz boy klublarga ham jiddiy zarba berdi. Bu safar qişki transferlarda sarflangan mablağlar ikki barobar kamroqni taşkil etdi, qişning eng qimmat transferi esa 23 million yevrolik böldi - «Vest Hem» yozda «Brentford»dan ijaraga olingan Said Benrahmaning transfer huquqini sotib oldi. Quyida qişning eng asosiy 15 transferi haqida keltiriladi.
15. Islam Slimani – «Lester»dan «Lion»ga (erkin agent)
Slimani «tulkilar» uçun muvaffaqiyatsiz xarid bölib çiqdi. Uni çempionlikdan keyingi yozda xarid qilişgan, öşanda birdaniga top-klublar qatoriga qöşilib qolgan «Lester» zaxira hujumçisi uçun 27,9 mln funt sarflaşgandi. Islam birinçi mavsumida deyarli har öyinda iştirok etdi, ammo öşa mavsumda «Lester» ligani tark etişdan bazör qutulib qoldi – keyingi yillarda esa u klub uçun «oçilmaydigan çamadon»ga aylandi - sönggi mavsumlar «Nyukasl», «Fenerbahçe» va «Monako» klublarida ijarada ötdi.
Vardi borligida boşqa hujumçilar uçun «King Pauer»da özini körsatiş uçun deyarli heç qanday imkon bölmaydi. Ammo hozirda Ayose Peres ikkinçi skripka rolini bajarişni uddalamoqda (Vardi bilan juftlikda, asosiy hujumçi ortidan yoki qanotlarda). Slimani esa bunday qila olmagandi, şu tufayli Peres emas, aynan u «Lester»da örinbosarlar jamoasida öynadi. Endi u hujumkor «Lion»da imkoniyatini sinab köradi.
14. Demaray Grey –«Lester»dan «Bayyer»ga (1,8 mln funt)
Ötgan ön yilliklarda angliyalik futbolçilar Yevropaning boşqa qismlariga borişmasdi. Endi esa örtamiyona, milliy jamoa safida öynamagan va hatto sönggi yarim yilni öyin amaliyotisiz ötkazgan futbolçi ham YeÇL yöllanmasi uçun kuraş olib borayotgan nemis klubi uçun kerak bölib qoldi.
Aslida, Grey nouneym emas. U Angliyaning ösmirlar va yoşlar jamoalaridagi asosiy yetakçi futbolçi bölgan, beş yil muqaddam «Lester»ga çempionlik mavsumi arafasida qöşilgandi. Rodjyers davrida esa Demaray asosiy tarkibdan çetda qoldi, ayni vaqtda hujum çiziğida raqobat kuçli. Grey uçun çap qanot hujumida öynaş qulay, nemis klubi boş murabbiyi Peter Boş sönggi öyinlarda bu pozitsiyaga begona bölgan Virs va Beylini öynatişga majbur bölmoqda, u uşbu transfer orqali jamoa hujum çiziğida yanvar oyida kuzatilgan muammolarni hal qilişni közlagan.
13. Özan Qoboq – «Şalke»dan «Liverpul»ga (yarim yillik ijara uçun 1 mln funt)
Sönggi yillarda «qizillar»ning transfer siyosati köp maqtov olmoqda. Albatta, klub Klopp murabbiyligi davrida yangi xaridlarni amalga oşirişda kam xato qildi, ammo bu safar markaziy himoyaçi tanlaşda juda köp vaqt sarflandi va bu köplab oçkolar yöqotilişiga olib keldi. Klub Özanni örganişni yarim yil avval boşlagandi, ammo u böyiça şartnoma qişki transferlar dariçasi yopilişi arafasida imzolandi – bunda Matip mavsum yakuniga qadar safdan çiqqani ham rol öynadi. Lekin uşbu yöqotişsiz ham klubga sentrbek juda zarur edi? Agar Kabak 1 fevraldamas, 1 yanvarda kelganida qança oçko yonga qolgan bölardi?
Mavzuga oid
Özan yoş, ammo 20 yoşgaça u professional futbolda qariyb yuz öyinda maydonga tuşgan, şu jumladan xalqaro öyinlarda ham: terma jamoa öyinlarida ham, yevrokuboklarda ham. Şu tomoni bilan u Fillips va Uilyamsdan yaqqol ustun, birinçisi şu mavsumga qadar yuqori liga öyinlarida iştirok etmagandi, ikkinçisi – umuman professional futbolda maydonga tuşmagandi.
Şu bilan birga – bu mavsumda Bundesliganing 19 öyinida 49 gol ötkazib yuborgan jamoa himoyaçisini maqtaş muşkul. Yevropaning eng yomon öyin körsatayotgan jamoalaridan biri safidan qit'aning eng yaxşi jamoalaridan biri safiga kelib qöşilgaç, yuzaga keladigan bosimni u qanday yengib ötadi, kuzatamiz.
12. Sebasten Aller – «Vest Hem»dan «Ayaks»ga (22,5 mln yevro)
2018/2019 yilgi mavsumda Frankfurtning «Ayntraxt» jamoasi Yevropadagi eng kuçli hujum uçliklaridan biri edi. Rebiç — Aller — Yoviç triosi Germaniyadagi klublarning himoyaçilarini birin-ketin doğda qoldirib, sal qosa örtamiyona jamoani Yevropa Ligasi ğolibiga aylantirişi mumkin edi. Lekin yozga borib bu uçlik tarqalib ketdi: Rebiç «Milan»ga, Yoviç – «Real»ga, Aller esa 50 mln yevro evaziga kutilmaganda «Vest Hem»ga yöl oldi.
Ammo uşbu transferlarning heç biri kutilganidek bölmadi: faqat Rebiçda faoliyatini davom ettiriş imkoniyati saqlanib qoldi, ammo u ham dastlab yorqin öynab ketolmagandi – Yoviç va Aller esa poytaxt klublarida köp qolişmadi. Aller London klubida Maykl Antonioga raqobat qila olmadi. U ötgan mavsumda 7 gol urgandi, joriy mavsumning birinçi davrasida esa 3 gol bilan kifoyalandi. Qişki transferlar avvalida unga «Ayaks» xaridor böldi va «Vest Hem» öylanmasdan uni sotib olingan narxidan ikki barobardan ham arzonroqqa sotib yubordi. Fransuz hujumçisi Amsterdamda yana avvalgidek öynay boşladi - dastlabki beş öyinida 2 gol va 3 golli uzatma.
Ximenes jiddiy jarohat olganidan keyin «Vulverhempton»ga tajribali forvard kerak bölib qoldi: Fabiu Silva hali yoş. Yanvarda klub Patrik Kutronni «Fiorentina»dan qaytardi, ammo keyin uni tarkibda olib qolmaslikka qaror qilişdi: italiyalik hujumçi «Valensiya»ga ijaraga berildi. Diyego Kostaga qiziqiş bildirilayotgani haqida xabarlar tarqalgandi, ammo yakunda «Sosedad»dan Villian Joze ijaraga olindi.
Bu mavsumni Ispaniyada braziliyalik futbolçi avvalgilaridek ötkazmayotgandi (13 öyinda 3 gol), lekin unga qadar tört mavsum davomida kamida 10tadan gol urgan. U Angliyada ham jamoasiga foyda keltirişni boşlab yubordi, «Arsenal»ga qarşi öyinning birinçi bölimida penalti işlab, raqib bir kişi kam bölib qolişiga va yakunda ğalaba qozonilişiga hissa qöşdi.
10. Amad Diallo – «Atalanta»dan «MYu»ga (21 mln yevro)
«Mançester Yunayted» hujum qanotini qanday kuçaytiriş haqida köp öyladi. Usmon Dembeledan tortib Jyeydon Sançogaça bölgan nomlar aylandi. Ammo uşbu futbolçilar bilan kelişişning imkoni bölmadi va «MYu» «Atalanta»ning yoş vingeri Amad Dialloga işonç bildirdi.
Uşbu transfer masalasi ötgan yilning oktyabridayoq hal bölgandi, ammo «MYu» rasmiyatçilik işlarini yanvarga qoldirdi. Natijada Diallo Çempionlar ligasida debyut qilişga ulgurdi (A Seriyada u ötgan mavsumdayoq ilk öyinini ötkazgandi) – bu APLda işlaş uçun ruxsat beruvçi ballarni keltirdi.
«Atalanta» vingerni mavsum yakuniga qadar ijaraga qoldirişni söragandi, ammo Sulşer boşqaça fikrda edi: boş murabbiy Angliya futboliga könikkuniga qadar Amadni «MYu» örinbosarlari jamoasiga yubordi. Yaqinda u «Liverpul»dagi tengdoşlariga qarşi öyinda dublni rasmiylaştirdi.
Transfer qiymati yuqori — kattalar futbolida atigi beş öyin ötkazgan 18 yoşli ivuarlik uçun «qizil iblislar» 21 mln yevro sarflaşdi. Bonuslar hisobiga bu raqam 40 mln yevrogaça yetişi mumkin.
9. Aleksandr Kokorin – «Spartak»dan «Fiorentina»ga (4,5 mln yevro)
Yevropadagi rossiyalik futbolçilar soni yana bittaga köpaydi. Kokorin 30 yoşida «Fiorentina» a'zosiga aylandi. U öz faoliyatida nooddiy yölni bosib ötdi: Rossiya futbolining umidlaridan biri bölişdan futbolçilar röyxatidan çiqişgaça. U sönggi ikki yil içida jami 20 öyinda maydonga tuşgan va birdaniga top-ligada paydo bölmoqda. Endi u Frenk Riberi bilan birga töp suradi.
8. Jyessi Lingard – «MYu»dan «Vest Hem»ga (ijara)
Lingard bu mavsumda faqat Kubok öyinlarida jami 179 daqiqa maydonda harakat qildi, uç oyni jarohat tufayli ötkazib yubordi: sentyabrda Liga kubogi öyinida maydonga tuşdi, keyin davolandi (Sulşerning sözlariga köra), yanvar oyi boşida Angliya Kubogi doirasida «Uotford»ga qarşi öyinda iştirok etdi. Endi esa barçasini qayta boşlaşi uçun ijaraga berib yuborildi.
Smolling bilan bölganidek, ba'zida Mançesterdan ketiş ham foydali böladi. U «Vest Hem» safidagi debyutida dublni nişonladi.
Sulşerning aytişiça, u Jyessini qöyib yubormoqçi bölmagan: mavsum uzun, taqvim tiğiz va u albatta murabbiyga kerak bölardi. Ammo Jyessining özi köproq öyin amaliyotiga ega bölişni istagan.
Ispaniya çempionati yetakçisi — Madridning «Atletiko» klubida — hujumçiga ehtiyoj sezildi. Diyego Kosta bilan şartnoma bekor qilingaç, birgina Suares bilan uzoqqa borib bölmasdi, 34 yoşli futbolçi mavsum davomida bir xilda öyin körsatişini kutiş qiyin. Urugvaylik futbolçiga «Lion»dan ijaraga olingan Mussa Dembele yordam beradi.
Ötgan mavsumda juda yaxşi öyin namoyiş etgan 24 yoşli fransuzning natijalari (çempionat öyinlarida 16 gol) bu mavsumda pasaya boşladi: u «Lion» safidagi 16 öyinda atigi bir gol urgan. Dembelening öyinidagi pasayişga «Lion» afsonasi, hozirda klub sport direktori bölgan Junino Pernambukano izoh berdi. «Mussa oldimga keldi va iştiyoqini yöqotgani tufayli klubni almaştirişi kerakligini aytdi», — deya Juninoning sözlarini keltiradi Telefoot.
Ijara barça uçun ideal variant hisoblanardi: «Atletiko» yarim mavsum uçun 1,5 mln yevro evaziga yuqori saviyali forvardga ega böldi, «Lion» vaqtinça boş oğriqdan qutuldi, Dembele esa özi uçun yangi şaroitlarda «qayta tiklaniş» imkoniyatiga ega böldi. Bundan taşqari, «matrasçilar» mavsum yakunida Dembelening transfer huquqini 33,5 mln yevro evaziga sotib olişi mumkin. «Lion» Slimanini erkin agent sifatida tekinga qölga kiritib, uning örnini töldirgan.
Vengriyalik yoş yulduz Soboslai kuçliroq liga jamoasiga borib qöşilişi kutilgandi. U allaqaçon «Zalsburg» darajasidan ösib ketgan, boşqa «Red Bull» — bu safar Leypsigdagisi — unga özini yanada töliqroq namoyon etiş uçun imkon. «Öylaymanki, «Leypsig» mening rivojlanişim uçun ideal darajada töğri keladi. Men katta ambitsiyalarga va yoşlardan iborat jamoaga ötdim, bu yerda top-murabbiy işlaydi», — degandi Soboslai özining transferi böyiça.
Dominik hozirgaça yangi klubi safida debyut qila olmadi, u jarohatidan davolanişda davom etmoqda. «Leypsig»ga ham aynan hozir unga ehtiyoj yöq edi, ammo rahbariyat ötgan yilgi xatoni takrorlamaslikka qaror qildi - öşanda Holand «Zalsburg»dan «Leypsig»ga emas, «Borussiya» Dortmund safiga ötgandi.
5. Arkadiuş Milik – «Napoli»dan «Marsel»ga (yarim yillik ijara)
«Napoli»dagilar polşalik hujumçiga katta umidlar boğlaşgandi. Milik ularning işonçining bir qisminigina oqladi: eng yaxşi körsatkiçi 2018/2019 yilgi mavsumda qayd etildi, öşanda u 47 öyinda 20ta gol urgandi. Qolgan vaqtda Arkadiuş barqaror öyin körsata olmadi, bunga uning köp marta jarohat olişi sabab böldi.
2020 yil yozida u «Napoli» bilan şartnomani uzaytirişdan boş tortib, Sarri boşqaruvidagi «Yuventus»ga ötişni közlagandi, ammo bu transfer amalga oşmadi. «Napoli» esa uni yangi mavsumga zayavka qilmadi. Futbolçi Yevropa çempionatida iştirok etiş uçun öyin amaliyotiga ega böliş maqsadida özini transferga qöyişlarini söradi, neapolliklar uning transferi uçun belgilagan 15 million yevroga heç qaysi klub rozi bölmadi. Yakunda uni «Marsel» keyinroq sotib oliş huquqi bilan ijaraga oldi. Yozda fransuzlar uni 8 million yevroga sotib olişi mumkin (yana bonuslar körinişida 5 million yevro). Balki Arkadiuş Fransiyada faoliyatini qaytadan boşlar?
4. Luka Yoviç –«Real»dan «Ayntraxt»ga (mavsum yakunigaça ijara)
Luka Yoviç ham katta klubda öynab keta olmadi. U Madridda ötgan mavsumda çempionat öyinlarida 2 gol urdi, bu mavsumda esa - 0. Zidan unga imkoniyat berdi, ammo u gol urmadi, 63 million yevro evaziga köp narsa qiliş kerak edi.
Öyindagi muammolardan taşqari, serbiyalik forvard bir neça marta noqulay vaziyatga tuşib qoldi: ğalati holatda oyoğini sindirib oldi, karantinni buzdi va qamoqqa tuşişiga bir baxiya qoldi!
«Qirollik klubi» Yoviçni qayta tarbiyalaniş uçun sobiq klubi «Ayntraxt»ga yubordi. Bu yerda Luka 2018/2019 yilgi mavsumda yorqin öyinlar namoyiş etgaç, grand klublar nazariga tuşib, yakunda «Real»ga ötgandi. Yoviç «Ayntraxt»da yana oçildi - qaytganidan buyon tört öyinda uç gol urdi. Bu «Real»da bir yarim yilda urganidan köproq. Ehtimol, «Ayntraxt» tufayli Yoviç yana «Real» darajasidagi klubda ikkinçi imkoniyatga ega bölar.
3. Alexandro «Papu» Gomes – «Atalanta»dan «Sevilya»ga (5,5 mln yevro)
«Atalanta»ning 7 yillik yetakçisi va sardori jamoa boş murabbiyi Jan Pero Gasperini bilan janjallaşib qolgaç, klubni tark etişga majbur böldi. Vaziyat kun sayin keskinlaşib bordi, «Midt'yulland» bilan öyindagi janjaldan keyin (öşanda Gomes murabbiy qaroriga köra qanotda öynaşga rozi bölmagandi) argentinalik futbolçi Bergamo bilan xayrlaşguniga qadar bir oydan oşiq vaqt ötdi.
Endi Gomes «Sevilya» şarafini himoya qiladi. Transfer andalusiyaliklarga 5,5 mln yevroga tuşdi, garçi Transfermarkt Alexandroni köproqqa baholagan (15 mln yevro). Gomes «Inter» yoki «Yuventus»ga ötişi ham mumkin edi, ammo «Atalanta»ning A Seriyadagi raqiblari safini kuçaytirişni istamadi. Bergamoliklarning sobiq sardoridan çiroyli qaror.
2. Martin Edegor – «Real»dan «Arsenal»ga (mavsum yakunigaça ijara)
«Arsenal» «önlik» pozitsiyasiga futbolçi topdi. Martin Edegor öyin amaliyotiga ega böliş uçun Madriddan Londonga köçib ötdi. Qator ijara mavsumlaridan keyin «Qirollik klubi»ga qaytgan Martin baribir özini körsata olmadi va yana ijaraga yöl oldi.
Mavsumning qolgan qismini Martin «Arsenal»da ötkazadi. Edegorning «Real»dagi kelajagi tumanli bölsada, klub uni sotişni istamayapti. Şu tufayli, «Arsenal» bilan şartnomada ham keyinroq sotib oliş huquqi kiritilmagan.
«Arsenal» qişki transferlar oynasida eng köp işlagan klub böldi. Edegor qiyofasida kuçayiş ham ikkinçi planga tuşadi, axir «kanonirlar» nihoyat budjetga oğir yuk bölayotgan ballastdan qutulişdi. Kolaşinats «Şalke»ga ijaraga berildi, Sokratis va Şkodran Mustafi bilan şartnoma bekor qilindi - gretsiyalik futbolçi «Olimpiakos»ga, germaniyalik futbolçi «Şalke»ga ötdi. Mesut Özilning maoşi esa hammanikidan yuqori edi: qariyb bir yil davomida futboldan taşqarida bölgan germaniyalik «Arsenal»dan oyiga 350 ming funt olişda davom etdi.
Lekin Özil oxirigaça ketişni istamadi. U «Arsenal» bilan şartnomasi muddati tugagunça qolmoqçi böldi, ammo vaziyatga «Fenerbahçe» aralaşdi. «Men juda hayajondaman. «Fenerbahçe» rahbariyati va muxlislar bu transferdan xursand, ular mening ham eski orzuimni röyobga çiqarişdi. Men hamişa «Fenerbahçe»ga muxlislik qilib kelganman. Umid qilamanki, biz birgalikda köplab muvaffaqiyatlarga erişamiz», dedi Mesut turk klubi bilan şartnoma imzolaş jarayonida.
Turklar klubida moliyaviy inqiroz, ammo mahalliy muxlislar futbolçining maoşiga yetadigan pulni yiğib berişdi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi