Myanmadagi xunta yetakçisi Min Aung Hlaing. Moskvadagi parad yoqqan general haqida
|04:02 / 06.02.202136 22816 min
Myanmaning qudratli armiyasi boş qömondoni Min Aung Hlaing 1 fevral kungi davlat töntarişidan keyin davlatning amaldagi rahbariga aylandi. U haqida nimalar ma'lum va uning xalqaro aloqalari qanday?
Min Aung Hlaing butun umrini Tamadoga bağişlagan - Myanma qurolli kuçlari şunday ataladi. U siyosiy sahnada yangi nom emas: 2011 yilda mamlakatda demokratlaştiriş jarayonlari boşlangaç armiyani boşqargan - u bu lavozimni avvalgi harbiy diktator Tan Şvedan (u 1992 yildan 2011 yilgaça Myanmani boşqargan) qabul qilib olgan.
BMTdagilar uni rohingyalarni terror qilişga aloqadorlikda ayblagan, islom diniga e'tiqod qiluvçi bu xalqni ta'qib qiliş oqibatida 10 mingdan ortiq kişi halok bölgan, 700 mingdan ortiq kişi qoçqinga aylangan.
Endi Myanma uning rahbarligida harbiy boşqaruvga qaytdi, Min Aun Hlaing, aftidan, öz vakolatlarini kengaytirib, mamlakatning yaqin vaqtdagi kelajagini belgilab berişga kirişgan.
Hokimiyatga yöl
Ayni vaqtda 64 yoşda bölgan general öz faoliyatini Myanma armiyasida ötkazgan, u bu yerga kelganida kursant edi. U Yangon universitetining huquqşunoslik fakultetida talaba bölgan, 1974 yilda uçinçi urinişda Mudofaa xizmati akademiyasiga öqişga kirgan.
Myanma armiyasi Janubiy-Şarqiy Osiyodagi eng yirik ikkinçi armiya hisoblanadi
Hlaing piyoda askar sifatida xizmat qila boşlagan va doimiy ravişda xizmat pillapoyalaridan kötarilib borgan, ammo u heç qaçon katta bir qahramonlik körsatmagan. 2009 yilga kelib u Ikkinçi maxsus operatsiyalar byurosi rahbariga aylanadi.
U bu lavozimdaligida Myanma şimoli-şarqidagi amaliyotlarni boşqaradi, bu amaliyotlar oqibatida şarqdagi Şan provinsiyasida va Xitoy bilan çegaralar yaqinida yaşovçi etnik ozçilikni taşkil etuvçi xalqlarga mansub ön minglab kişilar qoçqinga aylanadi.
Uning harbiylari qotilliklar, zörliklar va uylarga öt qöyilişida ayblansada, Min Aung Hlaing 2010 yil avgustida Qurolli kuçlar birlaşgan ştabiga rahbarlik qiladi.
Bir yil ötmasdan uni katta lavozimli generallarni çetlab ötgan holda armiyadagi eng yuqori lavozim - qurolli kuçlar boş qömondoni lavozimiga tayinlaşadi. 2011 yil martida u bu lavozimda Tan Şveni, 1992 yildan buyon mamlakatni boşqarib kelgan Tan Şveni almaştiradi, lekin öşanda davlat rahbari lavozimi Myanmaning keyingi prezident Teyn Seynga ötadi.
Mavzuga oid
Min Aung Xlaing boş qömondon bölganida, bloger va yozuvçi Xla Oo u bilan bolalikdan taniş ekani haqida yozgandi. U Min Aung Hlaingni «Birmaning şafqatsiz armiyasidagi qattiqqöl jangçi» sifatida ta'riflagan, şu bilan birga, uni «jyentlmen va tadqiqotçi» deb ham atagandi.
Min Aung Hlaing özi haqida 2020 yil iyunida Rossiyaning «Argumenty i fakty» naşriga bergan intervyusida şunday degandi: «Kiçik leytenantlikdan boşlaganman, hozir - Oliy boş qömondonman. Birma vaqtidayoq (Myanmaning avvalgi nomi) armiyada xizmat qilganman, harbiy ma'muriyatda işlab sotsializm qurilişida qatnaşganman, hozir esa demokratik boşqaruvga xizmat qilyapman. Vzvodni, rotani, batalonni, polkni, harbiy okruglarni boşqarganman».
Min Aung Hlaing jurnalistlarga quyidagi ibora öziga tegişli ekanini tasdiqlagan: «Myanma tarixi - bu Qurolli kuçlar tarixi, Qurolli kuçlar tarixi - bu Myanma tarixidir». U armiya mamlakat hududida terrorçilarga qarşi kuraş olib borişini ta'kidlagan.
Myanmada 2011 yilga qadar davom etgan harbiy boşqaruvni u quyidagiça tuşuntirgan: «Harbiylar heç qaçon töliq siyosiy hokimiyatni qölga kiritiş uçun intilmagan. Muammo şundaki, şu vaqtga qadar hokimiyatni qabul qiladigan siyosatçilarning özi bölmagan. Bu Qurolli kuçlar mamlakatni öz bilganiça boşqarganini anglatmaydi. Ular hamişa xalq fikriga quloq solişgan. Bu yillar mobaynida parlament faoliyat körsatgan, saylovlar ötkazilgan».
Siyosiy nufuzi va «genotsid»
Min Aung Hlaing boş qömondon bölganida Myanma qariyb 50 yillik harbiy boşqaruvdan keyin demokratiya yöliga öta boşlagandi. Ammo Tamado hamon mamlakatdagi siyosiy jarayonlarda iştirokini saqlab qolgandi.
Harbiylar tomonidan qöllab-quvvatlanadigan «Birdamlik va taraqqiyot ittifoqi» partiyasi hukumatni boşqarganida Hlaingning siyosiy nufuzi va ijtimoiy tarmoqlardagi maşhurligi ortadi.
Ammo 2015 yilgi saylovlardan keyin 2016 yil boşida hukumatga harbiy diktatura davrida köp yillar uy qamoğida ötirgan, tinçlik böyiça Nobel mukofoti sovrindori Aung San Suu Ki rahbarligidagi «Demokratiya uçun milliy liga» partiyasi keladi. Bir qaraşda, Hlaing yangi vaziyatga ham oson moslaşib ketgandek tuyuladi: u jamoat joylarida tez-tez Aung San Suu Ki bilan birga köriniş beradi.
Demokratik islohotlarga qaramay, armiya de-fakto mamlakatni boşqargan. The New York Times naşrining yozişiça, Myanma armiyasidagilar mamlakatdagi siyosiy jarayonlarni «qat'iy intizomga ega demokratiya» sifatida qabul qilişadi.
Armiya mamlakatdagi ikkita eng yirik konsernni boşqaradi, bu konsernlar aktivlariga nefrit qazib oliş, örmonçilik sanoati, dengiz portlari va boşqalar kiradi. Harbiylar bank sektori, suğurta kompaniyalari, telekommunikatsiyalar, tibbiyot tizimi va OAVda ham aktivlarga ega. Armiya mamlakatdagi eng yirik yer egalari hisoblanadi.
General Min Aung Hlaing yuqorida keltirilgan ikki kompaniyaga egalik qiladi, bundan taşqari, Vazirlar Mahkamasidagi uç lavozim - xavfsizlik masalalari, içki işlar va çegaraçilarni nazorat qiluvçi vazirlarni tayinlaş huquqiga ega. Generalning özi 2020 yilda armiyadan ketib, mamlakat prezidenti lavozimini egallaşni reja qilgandi.
Parlamentning har ikki palatasidagi örinlarning 25 foizini hamon armiya vakillari band etgandi. Hlain Aung San Suu Ki partiyasining konstitutsiyani özgartiriş va harbiylarning hokimiyatini çeklaşga bölgan urinişlariga qarşi turadi.
2016 va 2017 yillarda harbiylar şimoldagi Rakhayn ştatida yaşovçi etnik ozçilik - rohingiya musulmonlariga nisbatan qatağonni kuçaytirişadi, natijada ön minglab rohingyalar qöşni Bangladeşga qoçib ötişadi.
2018 yil avgustida BMTning inson huquqlari böyiça kengaşi şunday ma'lum qiladi: «Myanmaning yuqori martabali generallari, xususan, oliy boş qömondon, general Min Aung Hlaing şimoldagi Rakhayn ştatida sodir etilgan genotsid, şuningdek, Rakhayn, Kaçin va Şandagi insoniyatga qarşi jinoyatlar va harbiy jinoyatlar uçun tergov va sud qilinişi kerak».
Bu bayonotdan keyin «Feysbuk» generalning akkauntini va BMT tomonidan «mamlakatdagi inson huquqlari sohasidagi jiddiy qoidabuzarliklar»ga aloqador şaxslar va taşkilotlarning akkauntlarini öçirib taşlaydi.
2019 yilda AQŞ «etnik tozalaşlar» va inson huquqlari buzilişidagi iştiroki tufayli Min Aung Hlaingga qarşi ikki marta sanksiyalar qöllaydi. 2020 yil iyulida Buyuk Britaniya ham unga sanksiya qöllagan.
Aung San Suu Ki esa 2017 yilda harbiylarga rohingyalarni qirğin qilişga qarşilik körsatmagandi. BMT ommaviy qotilliklar uçun aybni harbiy rahbariyatga, xususan, şaxsan Min Aung Hlaingga tönkagan, lekin 2019 yilda BMT Xalqaro sudida aynan Aung San Suu Ki Myanmani etnik tozalaşlar böyiça ayblovlarda himoya qilgan. Köpçilik uning harbiylar bilan hamkorligini pragmatik qaror deb hisoblaydi - ekspertlarning nazdida u şu orqali tölaqonli demokratiyaga tezroq ötişni közlagan.
Davlat töntarişi
2020 yil noyabridagi saylovlarda, rasmiy ma'lumotlarga köra, Aung San Suu Kining partiyasi ğalaba qozongan. Ammo «Birdamlik va taraqqiyot ittifoqi»ni qöllovçi harbiylar saylov natijalari böyiça bahslaşişgan.
Butun dunyo böylab myanmaliklar diasporalari Aung San Suu Kini qöllab aksiyalar uyuştirdi. Fotoda - Tokiodagi aksiya
Mağlub partiya saylovlarda keng kölamli soxtalaştirişlar haqida ayblovlarni ilgari surgan. Markaziy saylov komissiyasi 1 fevralga belgilangan parlament majlisi arafasida bu da'volarni rad etdi, şu kuni yangi hukumat tarkibi tasdiqlanişi rejalaştirilgandi.
Amaldagi hukumat va harbiylar örtasidagi sovuqçilik keskinlaşa boşlaşi fonida davlat töntarişi röy berişi haqida miş-mişlar urçiydi. 27 yanvar kuni Min Aun Xlain «agar konstitutsiyaga rioya etilmasa, uni bekor qiliş»dan ogohlantiradi va 1962 hamda 1988 yillardagi davlat töntarişlarini misol qilib keltiradi.
30 yanvar kuni esa uning ma'muriyati ritorikani özgartiradi, harbiylarga tegişli bölgan telekanal harbiy amaldorlarning konstitutsiya bekor qilinişi haqidagi sözlari OAVda notöğri talqin qilingani haqida bayonot beradi.
Ammo 1 fevral tongida hukmron partiya yetakçisi, amaldagi davlat rahbari Aung San Suu Ki, Myanma prezidenti Vin Min va siyosiy rahbariyatning boşqa a'zolari qölga olingani töğrisida xabarlar tarqaldi.
Min Aung Hlaing ötiş davrida hokimiyatni öz zimmasiga olişini e'lon qiladi. Milliy mudofaa va xavfsizlik kengaşi yiğilişida mamlakatda yangi saylovlar ötkazilişi, 2020 yilgi saylovlarda kuzatilgan qoidabuzarliklar tekşirilişi ma'lum qilinadi.
Tokiodagi namoyiş
Avvaliga Min Aung Hlaing şu yilning iyulida, 65 yoşga çiqqanidan keyin boş qömondonlikdan ketişi kerak edi, ammo endi u yana bir yil davomida hokimiyatda qolişni kafolatladi, agar Myanma yana harbiy boşqaruvga qaytsa, u yana uzoq yillar davomida davlat rahbari bölib qolişi mumkin.
BMTning Myanma böyiça sobiq maxsus ma'ruzaçisi Yangi Li CNN’ga ma'lum qilişiça, davlat töntarişining zamirida Min Aung Xlaingning Xalqaro jinoyat sudi rohingya musulmonlarining genotsidi tufayli unga qarşi olib borayotgan suriştiruvi fonida hokimiyat va biznes-aktivlardan mahrum bölişni istamasligi yotgan bölişi mumkin. «U özining Myanmadagi iqtisodiy aktivlarini saqlab qolişga va hokimiyat tepasida qolişga juda qattiq harakat qilyapti, çunki aks holda u xalqaro sudda ayblovlarga töqnaş keladi», deydi Yangi Li.
Ğarb davlatlari Myanmadagi voqealarni keskin qoralaşdi. Xitoy esa isyonçilarni himoya qildi
Myanmadagi töntariş «Katta yettilik» davlatlari, Yevroittifoq va boşqa köplab davlatlar tomonidan qoralandi. AQŞ prezidenti Jo Baydenning ma'muriyati harbiy isyon taşkilotçilariga qarşi sanksiyalar qöllanişini ma'lum qildi. Ammo, uşbu davlat töntarişi BMT Xavfsizlik kengaşida muhokama qilina boşlanganida, uning a'zolari örtasida darhol böliniş kuzatildi. BMT XKda veto huquqiga ega bölgan Xitoy davlat töntarişini qoralaş haqidagi rezolyutsiyani qöllab-quvvatlaşdan boş tortdi.
Tahlilçilarning fikriça, Xitoyning pozitsiyasi myanmalik generallarga simpatiya bildiriş bilan emas, demokratiya va inson huquqlari himoyasi vaji bilan qöşni davlat işiga xalqaro aralaşuv bölişiga qarşiligi bilan ifodalanadi.
«Xitoy Myanmadagi generallar xatti-harakatlarini jimgina - balki qat'iy - qöllab-quvvatlaşi haqida signal berayotganga öxşaydi», dedi Singapur milliy universitetidan Myanma böyiça ekspert Elliot Prass-Friman.
Myanmaning eng yirik savdo şerigi bölgan Xitoy fitnani yaşirinça qöllab-quvvatlayotgani haqidagi gumonlar deyarli darhol paydo böldi. Yanvar oyi örtalarida Xitoy taşqi işlar vaziri Van I mamlakatga taşrif buyurib, şu jumladan, general Min Aung Hlaing bilan uçraşgan va Xitoy «Myanmaning öz milliy şaroitlariga mos keluvçi rivojlaniş yölida» «uning suverenitetini, milliy obrösini hamda qonuniy huquq va manfaatlarini bundan keyin ham qöllab-quvvatlaşi»ni bildirgan edi.
Xitoy taşqi işlar vaziri Van I general Min Aung Hlaing bilan uçraşuvda. Myanma, 2021 yil 12 yanvar
Foto: EPA
Xitoydagi «Sinxua» davlat axborot agentligi davlat töntarişini Myanma «Vazirlar Mahkamasidagi katta örin almaştirişlar» deb baholadi.
Xitoy Taşqi işlar vazirligi esa 3 fevral kuni bunday gumonlarni rad etib, «uşbu nazariyalar haqiqatga töğri kelmasligi», Xitoy Myanmaga «döst» mamlakat sifatida şunçaki nizoning barça tomonlari ham «öz ziddiyatlarini tegişli tarzda tartibga sola olişi»ni istaşini ma'lum qildi.
Biroq Myanma harbiylarining Xitoy bilan munosabatlari ham muammosiz emas: myanmalik harbiylar tarixan millatçiligi tufayli Xitoyga qarşi kayfiyatda bölib kelgan. Bangkokning Çulalongkorn universiteti siyosatşunoslik professori Titinan Pongsudxirak harbiylar Xitoy loyihalarining mamlakat iqtisodiyotiga nisbatan ösib borayotgan ta'siridan qattiq norozi, bu sönggi 20 yildan buyon kuçayganini qayd etib ötgan.
«Şunday bölsada, tomonlar baribir kelişib olişga muvaffaq bölsa kerak: Ğarb yetakçilaridan farqli ölaroq, Xitoy hukumati boşqa avtoritar davlatni qoralaşni talab qiluvçi içki bosimga uçramayapti», deya qöşimça qilgan siyosatşunos.
Rossiya bilan döstona aloqalar
Min Aung Hlaing Myanmaning Rossiya bilan döstona aloqalari tarafdori hisoblanadi. U bu davlatga kamida olti marta taşrif buyurgan.
Min Aung Hlaing va Sergey Şoygu, 2018 yil
2020 yil iyunida Min Aung Hlaing harbiy-dengiz floti, harbiy-havo kuçlari va quruqlikdagi qurolli kuçlar qömondonliklari bilan birga Moskvadagi harbiy paradga taşrif buyurgandi. U safari davomida «Argumenty i fakty» naşriga bergan intervyusida paradga uni şaxsan Sergey Şoygu taklif qilgani haqida gapirgan.
«Rossiya harbiy paradlari - juda haşamdor», - deya qayd etgandi general.
U Rossiya bilan harbiy hamkorlik haqida ham gapirgan. «Biz harbiy-havo kuçlari uçun ham, flot uçun va quruqlikdagi qöşinlar uçun ham rossiyaliklarning ajoyib qurollarini sotib olamiz. Biroq harbiy-texnikaviy hamkorlikda asosiysi - qiruvçi samolyotlar, tanklar, suv osti kemalari sotib oliş emas. Harbiy-texnikaviy hamkorlikda harbiy ta'lim ham muhim. Pul tugaşi mumkin, harbiy texnika qaçondir eskiradi, bilim esa hamişalikka qoladi», degan u.
«Rossiyada tahsil olgan, rusça gapiruvçi, sizning texnologiyalaringiz bilan taniş bölgan zobitlarda xizmat pillapoyalaridan yuqori kötariliş imkoniyati köproq», degan u va mamlakatda Rossiyada tahsil olgan harbiylar soni olti mingdan ortganini qayd etib ötgan.
Sergey Şoygu Myanmaga bir neça marta kelgan. Fotoda - 2018 yilgi taşrif
Harbiy davlat töntarişi arafasida, 21-22 yanvar kunlari Myanmaga Sergey Şoygu taşrif bilan borgandi. Rossiya mudofaa vazirligi bayonotiga köra, taşrif davomida Şoygu generalga paraddagi iştiroki uçun minnatdorçilik bildirib, ikki mamlakat faşizmga qarşi birgalikda kuraşganini qayd etib ötgan.
Şoyguning taşrifi yakunlariga köra, Myanma Rossiyadan «Pansir-S-1» zenit-raketa majmualari va «Orlan-10Ye» dronlarini xarid qilişga qaror qilgan.
Myanmada Rossiyadan yetkazib beriladigan aviatexnikalar va zirhli texnikalarga xizmat körsatiş markazi faoliyat körsatadi. Rossiya mudofaa vazirligi ma'lumotiga köra, Moskva Myanmaga 30ta MiG-29, 12ta Yak-130 rusumli samolyot, oltita Su-30SM, önta Mi-24 va Mi-35P rusumli vertolyotlar, 8ta «Peçora-2M» zenit-raketa majmuasi, şuningdek, radiolokatsiya stansiyalari, zirhli tanklar va artilleriya tizimlari yetkazib bergan.
Mamlakat harbiylari doimiy ravişda Rossiya hududidagi öquv maşğulotlarida iştirok etib kelişadi.