Duşanba kuni uning uyida ötkazilgan tintuv davomida qöriqçilar tomonidan foydalanilgan yettita ratsiya topilgan, harbiylar bu vositalar mamlakatga noqonuniy ravişda olib kirilganini iddao qilişmoqda.

Prezident Vin Min esa ötgan yilgi saylovoldi kampaniyasi davrida koronavirus tarqalişiga qarşi qoidalarni buzgani uçun ayblanmoqda.

Sudya ularni ikki hafta mobaynida uy qamoğida saqlaş böyiça sanksiya bergan.

Kuzatuvçilar da'volar kulgili bölişiga qaramay, sud qarorlari Aung San Suu Ki va Vin Min mahalliy qonunçilikka köra parlament mandatlaridan mahrum bölişiga olib kelişiga e'tibor qaratişgan.

Harbiylar tomonidan qölga olingan boşqa yuzlab kişilar, şu jumladan, Aung San Suu Kining yuridik maslahatçisi U Nyan Vin, «Demokratiya uçun milliy liga» partiyasi markaziy qömitasi a'zolari va parlamentning boşqa deputatlari taqdiri hozirça ma'lum emas.

Ularning barçasi uy qamoğida saqlanayotgani taxmin qilinmoqda.

BMT Xavfsizlik kengaşi seşanba kuni Myanmadagi vaziyatni muhokama qiliş uçun yiğiliş ötkazdi, ammo XXR veto huquqidan foydalangan holda harbiylarning hokimiyatni zörlik bilan egallab olinişini qoralaş böyiça rezolyutsiyani blokladi.

Xitoydagi davlat naşrlari qöşni davlatdagi davlat töntarişini «hukumatdagi özgarişlar» sifatida talqin qilmoqda.

Myanmada nimalar bölmoqda?
Qurolli kuçlar boş qömondoni, general Min Aung Hlaing davlatdagi hokimiyatni töliq öziga olgaç, seşanba kuni özi şakllantirgan hukumatning ilk yiğilişini ötkazdi va unda davlat töntarişidan qoçib qutulib bölmaganini aytib ötgan.