Qayd etilişiça, 5 fevral kuni Samarqandda koronavirus infeksiyasiga çalingan oxirgi bemor soğayib, öz uyiga kuzatilgan. Viloyatda «Covid-19» infeksiyasiga çalingan bemor qolmagan. Şu bois, mazkur kasallikka çalingan bemorlarni davolaş uçun moslaştirilgan markaz (Xospis) öz işini yakunlagan.

Ta'kidlanişiça, pandemiya boşlangandan buyon hozirga qadar ilk bor viloyatda koronavirusga çalinganlar butunlay soğayib bölgan va birorta bemor qolmagan.

«Viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi mazkur jarayonlarda fidoyilik körsatgan barça tibbiyot xodimlariga öz minnatdorçiligini bildiradi», deyiladi xabarda.

Ma'lumot uçun, koronavirusga çaliniş holati eng köpaygan paytda viloyatda Samarqand şahridagi olimpiya zaxiralarini tayyorlaş majmuasida 1080 örinli, Urgut tumanida 500 örinli, Kattaqörğon şahrida 200 örinli taqsimlaş markazlari taşkil etilgan edi. Noyabr oyining ikkinçi yarmiga kelib Samarqand viloyatida koronavirusga çaliniş holati keskin kamaygandan söng avvaliga Urgut va Kattaqörğondagi, söng olimpiya zaxiralarini tayyorlaş majmuasidagi taqsimlaş markazlari yopilgandi. Mana endi sönggi taqsimlaş markazi ham yopildi.