Telegram messenjeri TikTok va WhatsApp’ni ortda qoldirib, yanvar oyida eng köp yuklab olingan ilovaga aylandi.
Bozorlarni tahlil qiliş bilan şuğullanuvçi Sensor Tower kompaniyasining ma'lumotiga köra, Telegram 63 mln marta köçirib olingan va örnatilgan bölib, bu 2020 yil yanvar oyidagiga nisbatan qariyb tört baravarga köpdir. Eng katta ösiş Hindiston va Indoneziyaga töğri keladi.
Ikkinçi öringa TikTok joylaşdi (62 mln marta yuklab olingan).
Signal, Facebook va WhatsApp ham yetakçilar beşligidan örin oldi. Telegram Google Play dökonida raqobatçilarini katta farq bilan ortda qoldirgan bölsa, Apple dökonida törtinçi örinni egalladi.
AQŞda 6 yanvar kuni sobiq prezident Donald Tramp tarafdorlari kongress binosiga hujum uyuştirganidan söng köplab ijtimoiy tarmoqlar Trampning akkauntlarini blokladi va ekstremistik kontentga qarşi kuraşni kuçaytirişini e'lon qildi. Dunyodagi eng ommabop messenjerlardan biri WhatsApp xabar jönatiş qoidalarini keskinlaştirdi. Buning ortidan boşqa messenjerlar ommalaşa boşladi.












