Uşbu haftada texnologiya kompaniyalarining aksiyalari narxi kötarildi, deb yozadi Forbes.
Naşrning yozişiça, 29 yanvardan 5 fevralgaça Tesla asosçisi Ilon Maskning boyligi 11,5 mlrd dollarga oşdi. Tesla aksiyalari narxi bir hafta içida 7,4 foizga ösdi.
Google asosçilari Sergey Brin va Larri Peyjning boyligi mos ravişda 10,4 va 10 mlrd dollarga köpaydi. Alphabet aksiyalari narxi hafta mobaynida 14 foizga kötarildi.
Amazon aksiyalari narxi qimmatlaşişi evaziga dunyoning eng boy odami Jyeff Bezosning boyligi bir haftada 7,7 mlrd dollarga oşdi.
Pinduoduo platformasi asosçisi xitoylik Kolin Çjen Xuanning boyligi kompaniya aksiyalari narxi 18 foizga ösganidan söng 10,7 mlrd dollarga köpaydi. Pinduoduo Xitoyda borgan sari ommalaşib bormoqda hamda Alibaba va JD.com kabi gigantlar bilan raqobatlaşmoqda, deya qayd etadi Forbes USA.
Boyligi bir hafta içida hammanikidan köproq ösgan milliarderlar röyxati quyidagiça:
1. Ilon Mask — 184,3 mlrd (+11,5 mlrd);
2. Kolin Çjen Xuan — 69,1 mlrd (+10,7 mlrd);
3. Larri Peyj — 90,8 mlrd (+10,4 mlrd);
4. Sergey Brin — 88,1 mlrd (+10 mlrd);
5. Jyeff Bezos — 194,7 mlrd (+7,7 mlrd);
6. Tsin Inlin (Muyuan Foodstuff raisi) — 31,8 mlrd (+5,1 mlrd);
7. Tszyan Jenşen (Zhifei raisi) — 27,3 mlrd (+5,1 mlrd);
8. Ma Xuaten — 70,8 mlrd (+4,7 mlrd);
9. Çjan Yun (Haidilao raisi) — 30,3 mlrd (+4,5 mlrd);
10. Larri Ellison (Oracle hammuassisi) — $89,2 mlrd (+$4,3 mlrd)












