Sessiya işida Özbekiston prezidenti administratsiyasi vakili Abdulla Tursunov, Farğona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov, xalq deputatlari tuman kengaşi deputatlari, tuman hokimi örinbosarlari va mutasaddi xodimlari, sektorlar, taşkilot va korxonalar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi.

Sessiyada taşkiliy masala körildi. Kun tartibidagi masala böyiça viloyat hokimi Xayrulla Bozorov sözga çiqib, Özbekiston tumani hokimi lavozimiga Şerzod Yöldoşev nomzodini tavsiya etdi.

Uşbu taklif tuman kengaşi deputatlari tomonidan ma'qullandi va Şerzod Yöldoşev tuman hokimi etib tasdiqlandi.

1986 yilda Toşloq tumanida tuğilgan Şerzod Yöldoşev mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Farğona şahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari sifatida faoliyat yuritgan.

Avvalroq, Dilşod Jalilov Yozyovon tumani hokimi bölgani xabar qilingandi.