AQŞ prezidenti Jo Bayden Xitoy bilan avvalgi prezident Donald Tramp singari savdo uruşi olib boriş örniga dunyoning ikkinçi raqamli iqtisodiyoti bilan xalqaro qoidalar asosida raqobatlaşişga va'da berdi, deb yozmoqda CNBC.
Baydenning sözlariga köra, ikki mamlakat örtasida nizoga aylanib ketmaydigan raqobat bölişi lozim. U şuningdek, ilgari davlat rahbari sifatida uçraşmagan bölsa-da, Xitoy rahbari Si Tszinpinni yaxşi bilişini aytdi.
«U juda aqlli va qat'iyatli. Tanqid sifatida aytmayapman, ammo uning tanasida demokratiya uçun javob beruvçi suyaklar yöqdek», — dedi Bayden.
Avvalroq Jo Bayden Qöşma Ştatlar Xitoyni asosiy raqobatçisi deb hisoblaşini, ammo Amerika manfaatlariga mos keladigan hamkorlikka tayyorligini bildirgandi.
Öz navbatida, AQŞ davlat kotibi Entoni Blinken Xitoy taşqi işlar vaziri Yan Tszeçi bilan telefon orqali muloqot ötkazib, AQŞ XXRni Hind-Tinç okeani mintaqasidagi barqarorlikka tahdid soluvçi harakatlari bois javobgarlikka tortişini aytgan.












