Sektorlar işini tizimli taşkil etmagani va yöl qöyilgan kamçiliklar uçun Farğona şahrining 4ta sektor rahbari: hokim Hamid Habibidinov, prokuror Atham Mamataliyev, içki işlar bölimi boşliği Şavkat Dadaxonov va davlat soliq inspeksiyasi boşliği Vohidjon Bobobekov öz lavozimlarini yöqotişdi.

Prezident Şavkat Mirziyoyev 5 fevral kuni Farğona viloyatiga safari doirasida Farğona şahridagi «Şodiyona» mahallasiga kutilmagan taşrif bilan kelgandi. U köçalarni piyoda kezib, aholi vakillari bilan uçraşgan, ularning turmuş tarzi bilan qiziqqan, mahalladagi muammolar haqida söragandi. Kun.uz manbasi xabar qilişiça, taşrif yakunida prezident sektor rahbarlari faoliyatidan qoniqiş bildirmagan.

Hamidjon Ismailoviç Habibiddinov muqaddam Davlat soliq qömitasida turli lavozimlarda, xususan, Farğona viloyati Davlat soliq boşqarmasi rahbari sifatida işlagan, 2018 yil oktyabrida Şavkat Erkaboyev örniga Farğona şahri hokimi lavozimiga tayinlangandi.

Hamid Habibiddinov (çapda)

Kun.uz manbasiga köra, 2018 yil sentyabridan buyon Namangan viloyati soliq boşqarmasi boşliği lavozimida işlab kelayotgan Adhamjon Tillavoldiyev Farğona şahar hokimi lavozimiga tayinlanişi kutilmoqda.

Bundan avvalroq, prezidentning Farğonaga safari vaqtida Quva tumanida ham tört sektor rahbarlari işdan olingan, Özbekiston tumanida hokim va prokuror, Yozyovon tumanida hokim vazifasidan ozod qilingandi.