Bugun, 8 fevral kuni, soat 06:50lar atrofida 18-avtobus saroyiga tegişli 46- va 134-sonli avtobuslar iştirokida YTH sodir böldi. Bu haqda “Toşşahartransxizmat” AJ matbuot xizmati xabar bermoqda.
46-yönalişda harakatlanuvçi "MAN" rusumli avtobus Töqimaçi köçasi böylab Beşqayrağoç tomonga öz yönalişi böylab harakatlanayotganda, Kökça Darvoza köçasi böylab Toşkent halqa avtomobil yöli tomon harakatlanib kelayotgan 134-sonli yönalişda harakatlanuvçi "Isuzu" rusumli avtobus bilan töqnaşib ketgan. Uşbu hodisa Uçtepa tumani, Kökça Darvoza-Töqimaçi köçalari kesişgan çorrahada yuz bergan.
Hodisa oqibatida bir nafar yölovçi yengil tan jarohati olgan. Jabrlangan yölovçi şifoxonaga yetkazilib, tez tibbiy yordam körsatilmoqda.
Mazkur holat yuzasidan "Toşşahartransxizmat" aksiyadorlik jamiyatining Yölovçi transportida harakat xavfsizligini nazorat etiş boşqarmasi tomonidan xizmat suriştiruv işlari ötkazilmoqda.











