Maktabgaça ta'lim vazirligi boğça tarbiyalanuvçilarida algoritmik fikrlaşni rivojlantiriş böyiça loyihani yölga qöymoqda.
Loyiha Janubiy Koreyaning robot sanoatini rivojlantiriş instituti (KIRIA), Koreya öqituvçilar uyuşmasi, şuningdek, FRG Korea, Dazzle Edu, Genie Robot va SK Telecom kompaniyalari bilan hamkorlikda amalga oşiriladi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
«Davr talabi bilan ayrim kasblar öz ahamiyatini yöqotmoqda, yangi, zamonaviy kasblarga talab ortmoqda. Şu nuqtayi nazardan, boğça davridayoq bolalarni robototexnika singari kelajak kasblari bilan taniştiriş, ularda qiziqiş uyğotiş muhimdir», – dedi maktabgaça ta'lim vaziri Agrippina Şin loyiha taqdimotiga bağişlangan matbuot anjumanida.

Koreyalik hamkorlar loyihaning pilot bosqiçi uçun 275ta robot va 350ta öquv qöllanmasi taqdim etgan. 12 viloyat, Toşkent şahri va Qoraqalpoğiston Respublikasida jami 55ta boğça tanlanib, ularga 5tadan robot taqsimlangan.
Pilot bosqiçida iştirok etayotgan boğçalar pedagoglari robotlar bilan işlaş böyiça öquv seminarlarida qatnaşgan.
Vazirlik huzuridagi Axborot va pedagogik texnologiyalar innovatsion markazi direktori Oyatillo Rahmatillayevning tuşuntirişiça, Albert va Genibot robotlari 6 yoşdan katta tarbiyalanuvçilarga möljallangan.
Birinçi bosqiçda bola tayyor kodlaş kartalari yordamida robotni harakatlantirişi, közini miltiratiş, gapiriş, qöşiq kuylaş, ma'lum ketma-ketlikdagi amallarni bajariş buyruqlarini berişi mumkin. Şu tarzda u kod bloklarining işlaş mohiyatini tuşunib oladi, algoritmik fikrlaşga moslaşadi.
«Ta'limdagi uzviylik tamoyiliga asoslangan holda, robototexnika va dasturlaş könikmalarini umumta'lim maktablarda ham örgatiş yölga qöyilsa, ijobiy natijaga erişiş mumkin», – dedi markaz direktori.
Bildirilişiça, boğçalarda robotlar yordamida öqitiş uslubi Janubiy Koreyada ijobiy natija körsatgan. Şu jumladan, Fransiya, Ispaniya, Kosta-Rika va Perudagi maktab va boğçalarda ham bu loyiha pilot bosqiçida amal qilmoqda.
«Bir yil davomida pilot loyiha samaradorligi monitoring qilib boriladi, söngra natijalar tahlil qilinadi. Agar kutilgan ijobiy samaraga erişilsa, loyiha respublikaning barça maktabgaça ta'lim taşkilotlarida yölga qöyilişi rejalaştirilgan.
Pilot bosqiçida robotlar Koreya hamkorlari tomonidan bepul taqdim etilgan bölsa, keyingi bosqiçda davlat budjeti, xalqaro donor taşkilotlar mablağlari, imtiyozli kreditlarni jalb qiliş közda tutilgan», dedi Oyatillo Rahmatillayev.
Boğça tarbiyalanuvçilariga çiqindini saralaş könikmasi örgatiladi












