Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti AstraZeneca vaksinasi sinovi natijalari bilan yana bir marta tanişib çiqiş uçun immunizatsiya böyiça ekspert va mutaxassislardan iborat komissiya tuzdi. Bu haqda Euronews xabar bermoqda.

 Yakşanba kuni JARda Angliya-Şvetsiya kompaniyasi işlab çiqqan vaksina bilan emlaş kampaniyasi töxtatildi.

JARdagi Vitvatersrend universiteti Oksford universiteti bilan hamkorlikda 2 ming kişida ötkazgan tadqiqotda ma'lum bölişiça, koronavirusning Janubiy Afrikada aniqlangan turiga AstraZeneca vaksinasi ta'sir qilmagan.

Janubiy Afrika genom nazorati tizimi rahbari Tulio de Oliveyraning sözlariga köra, olingan ma'lumotlar xavotirli bölib, butun dunyoda koronavirus ustidan nazoratni kuçaytirişni talab qiladi.