Ötgan haftaning duşanbasida mahalliy harbiylar hokimiyatni qölga olgan, ular ötgan yil noyabrida ötkazilgan va «Demokratiya uçun milliy liga» 83 foiz ovoz olib ğolib çiqqan parlament saylovlari natijalari soxtalaştirilganini da'vo qilişgan, ammo bunga dalil keltirilmagan. 

Ular yangi saylangan parlament ilk yiğilişini ötkazişiga yöl qöymasdan, mamlakatda favqulodda holat va komendantlik soati e'lon qilib, prezident Vin Minni, amalda davlatni boşqarib kelgan Aung San Suu Kini va yuzlab siyosatçilar, deputatlar hamda partiya faollarini hibsga olişgandi.

Qatorasiga uçinçi kun minglab kişilar köçalarga çiqib, demokratik boşqaruv qaytişini talab qilişmoqda.

Yakşanba kuni Myanmada (mamlakat 1989 yilgaça Birma deb atalgan) 2007 yildan keyingi eng yirik namoyişlar bölib ötdi, 14 yil muqaddam budda monaxlari öşa vaqtdagi harbiy rejimga qarşi çiqişgandi.

Umummilliy zabastovka

Getty Images

BBC Birma xizmati xabariga köra, duşanba kuni öqituvçilar, tibbiyot xodimlari, huquqşunoslar, bank klerklari va boşqa davlat xizmatçilaridan iborat bölgan ön mingdan ortiq kişi işga bormagan hamda Neypido, Yangon va Mandalay kabi yirik şaharlarda namoyişlar uyuştirişgan.

Mingga yaqin öqituvçi Yangondagi kvartallar hududidan şahar markazidagi maşhur Pagoda Sule obidalari tomon marş qilib borişgan.

Duşanba tongida Neypidoda politsiya ikkita vodomyot orqali namoyişçilarni tarqatib yuborişga uringan, xabarlarga köra bir neça kişi jarohat olgan.