Davlat test markazi Test sinovlarini taşkil etiş va muvofiqlaştiriş boş boşqarmasi boşliği Farhod Mirzayev Xpress.uz'ga bergan intervyusida OTMlar bakalavriatiga kiriş imtihonlari yuzasidan qator savollarga javob berdi.

Bu yil 5ta fandan imtihon oliş rejalaştirilmoqda

Bu yil kiriş imtihonlari 5ta fandan ötkaziladi. Prezident qarorida kiriş imtihonlari 2ta mutaxassislik va 3ta majburiy fanlardan ötkazilişi belgilangan. Majburiy fanlarga ona tili, matematika va Özbekiston tarixi kiradi.

Ötgan yili pandemiya şaroiti hisobga olinib, istisno tariqasida imtihonlar 2ta fanga qisqartirilgan edi.

Tanlov imkoni çeklanmasligi mumkin

DTM yuqori taşkilotlarga kiriş imtihonlarida abituriyentlarning istalgança ta'lim yönalişlarini tanlaş imkonini beriş töğrisida taklif kiritgan. Agar taklif qabul qilinsa, abituriyentlar oldingi yilgidek 5ta yönalişni emas, öz fanlariga mos 20 yoki 25ta yönalişni tanlaşi mumkin böladi.

Hozir yönalişlar çeklangani uçun yuqori ball töplaydigan abituriyentlarning imkoniyati ba'zida çeklanişi mumkin. Tanlov çeklanmaydigan bölsa, bilimli yoşlarning talaba böliş imkoni yana oşadi.

Bu yil savollar ötgan yilgidek oson bölmaydi

Kiriş imtihonlarida mantiqiy savollar soni köpaytiriladi. Hozirgaça şu turdagi savollar tuzilib, ularning aprobatsiyasi ham ötkazilmoqda. Bunday savollar matematika, tarix, biologiya, kimyo kabi fanlarda köp böladi.

Ötgan yili pandemiya şaroiti bölgani uçun abituriyentlarning imkoniyatlari hisobga olinib, törtinçi qiyinlik darajasidagi savollar olib taşlangan edi. Bu yil unday bölmaydi. Törtinçi qiyinlik darajasi örniga mantiqiy savollar tuziladi.