Toşkent şahar hokimining birinçi örinbosari Baxtiyor Rahmonov poytaxtda avtoturargohlar masalasini hal qiliş uçun körilayotgan çoralar haqida ma'lumot berdi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

«Avtoturargohlar – barça poytaxt va yirik şaharlarning muammosi. 2021 yilda Toşkent şahrida mavjud 500ta mahallaning barçasida keng miqyosda obodonlaştiriş harakatlari olib boriladi. Bu borada birinçi navbatda köriladigan masala – avtoturargohlardir.

Mahallalarda köp qavatli uyga kiriş qismi va irrigatsion lotok orasida yölaklar bor. Bu yölakka aholi avtomobillarini böyiga ham, eniga ham qöyadi. Bu esa şoşilinç tibbiy yordam, öt öçiriş kabi maşinalarning kirişiga imkon qoldirmaydi.

Şuning uçun truba olinib, suv oqişi uçun joy qoldiriladi. Avtomobillar uçun tirkagiç (kolesootboynik)lar qöyiladi. Bu bilan 3–3,5 metrli yölaklarni favqulodda xizmat maşinalari uçun böşatiş imkoni paydo böladi», – dedi Rahmonov «Obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş: 2021 yil rejalari» mavzusidagi matbuot anjumanida.

Baxtiyor Rahmonovga köra, mahallalar içida avtoturargohlar quriş masalasi ham körib çiqilmoqda.

«Mahallalar içida avtoturargohlar qilinyapti. Aksariyat aholi ularni öz kuçi bilan qilyapti. Bunga imkoniyati bölmaganlar, pensionerlar istiqomat qiladigan hududlarda esa avtoturargohlar tuman garaj xöjaligi tomonidan taşkil etiladi», – dedi poytaxt hokimining 1-örinbosari.