Birlaşgan Arab Amirliklarining Al Amal ("Umid") avtomatik sayyoralararo stansiyasi qariyb 500 mln km masofani bosib ötib, Mars orbitasiga çiqdi.  

 Xabar qilinişiça, Marsga yaqinlaşgan vaqtda gravitatsion hududga kiriş uçun kosmik qurilma tezligi soatiga 121 ming kilometrdan 18 ming kilometrga pasaytirilgan.  

 Kosmik stansiya parvozi ötgan yil 20 iyulda Yaponiyadagi Tanegasima kosmik markazining H-IIA taşuvçi raketasi yordamida amalga oşirilgandi.

Marsning elliptik orbitasida joylaşadigan mazkur qurilma sayyoraning iqlimi va atmosferasining quyi qatlamlarini örganadi. U uçta kamera bilan jihozlangan. 

Al Amal ilk bor Mars atmosferasining töliq manzarasini taqdim etadi. Uning yordamida Mars iqlimini belgilovçi omillar aniqlanadi. Missiya ikki yilga yaqin davom etadi.

BAA kosmik qurilmasi Marsga yetib borgan dunyodagi beşinçi mamlakat böldi.

 Qiymati 200 mln dollar deb baholangan mazkur sayyoralararo stansiya parvozi BAA taşkil topganligining 50 yilligiga bağişlangan.