Bugun, 9 fevral kuni Xalq deputatlari Farğona şahar Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi. Sessiyada viloyat hokimi Xayrullo Bozorov iştirok etdi va nutq sözladi. Viloyat hokimi öz sözida davlat rahbarining 4-5 fevral kunlari viloyatga taşrifi davomida Farğona şahrida közga taşlangan kamçiliklar haqida batafsil töxtalib, şaharda yiğilib qolgan muammolar va tezkor yeçimini kutayotgan masalalarni tanqidiy tahlil qildi, ularni hal etiş böyiça körsatmalar berdi.

Bugungi sessiyada şaharning yangi hokimini tayinlaş bilan boğliq taşkiliy masala körildi.
Viloyat hokimi tomonidan taqdim etilgan Mirzohid Murodiloviç Ubaydullayev nomzodi Farğona şahar deputatlari tomonidan bir ovozdan qöllab-quvvatlandi va u şaharning yangi hokimi etib tasdiqlandi.

Mirzohid Ubaydullayev 1976 yil Farğona tumanida tuğilgan. 1999 yil Farğona politexnika institutini, 2013 yil Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy biznes maktabini tamomlagan. 2014-2015 yillarda viloyat moliya boş boşqarmasi boşliği, 2015-2016 yillarda Oliy Majlis Qonunçilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qömitasi raisining örinbosari, 2016-2020 yillarda Marğilon şahar hokimi kabi lavozimlarda işlagan.
U 2020 yil aprelidan buyon viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari – viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş boş boşqarmasi boşliği vazifasida işlab kelayotgandi.
Farğona viloyati prokurorining örinbosari lavozimida işlab kelgan Dilmurod Qobuloviç Qobulov Respublika boş prokurorining buyruği bilan Farğona şahrining prokurori etib tayinlandi.












