Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar Zarbdor tumani hokimligi e'tiborida

Mehr-oqibat, insonparvarlik va saxovatpeshalik xalqimizga xos umrboqiy qadriyatlarimizdan biridir. Ayniqsa, ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, davlat ta'minotida bo‘lgan jajji qalb sohiblarini quvontirish eng ezgu amallardandir.
Prezidentimiz tomonidan 2021 yilning “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb nomlanishi yoshlarga oid davlat siyosati asosida navqiron avlodning zamonaviy bilim olishi hamda jamiyatda munosib o‘rin topishi yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlarni yangi bosqichga ko‘tarish imkonini bersa ajab emas.
Jizzax viloyati Zarbdor tuman hokimi tashabbusi bilan tuman hududida istiqomat qilayotgan, ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, davlat ta'minotidagi alohida e'tiborga muhtoj 3-15 yoshli bolalarning ruhiyatini ko‘tarish, ularga sevinch ulashish, dalda berish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida tuman hokimi tashabbusi bilan Jizzax shahriga o‘ziga xos sayohat uyushtirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11 fevraldagi PQ–4185-sonli “Yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida Zarbdor tuman hokimligida yetim bolalarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan tadbir o‘tkazildi. Tadbirda tegishli tuman tashkilotlarining rahbarlari, mahalla raislari ishtirok etdilar.
Zarbdor tuman hokimi Zafar Ro‘ziyev tomonidan tumandagi 12 nafar chin yetim va ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarga turli kitoblar va 7 turdagi qish-bahor mavsumi uchun kiyim-bosh, poyabzallar sovg‘a qilindi.
Tadbir davomida tuman hokimi yetim va ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarni ijtimoiy himoya qilish eng birinchi galdagi vazifa ekanligi, ularning xavfsiz yashashi, sifatli ta'lim-tarbiya olishi uchun hamma birdek mas'ul ekanligini, ularning holidan muntazam ravishda xabar olib turish, ularga ko‘maklashish uchun tuman tashkiloti rahbarlari biriktirilishini ta'kidlab o‘tdi. Bunday xayrli ishlarni kelgusida ham davom ettirish yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi. Bu xususda mahalla raislari va oqsoqollariga tegishli vazifalar berildi.
Reklama huquqi asosida
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Reuters: Trampning maxsus vakili Oq uyga Kremlning pozitsiyasini yetkazdi
Jahon | 01:04
-
Rossiyada tug‘ilish darajasi so‘nggi 200 yildagi eng past ko‘rsatkichga tushib ketdi
Jahon | 00:32
-
3D-printer yordamida bosilgan temiryo‘l stansiyasi olti soat ichida qurildi
Fan-texnika | 00:20
-
Surxondaryoda sudyaga 1000 dollar pora taklif qilgan advokat ushlandi
O‘zbekiston | 23:16 / 11.04.2025
Mavzuga oid

17:37 / 17.01.2025
Zarbdor tumaniga yangi hokim tayinlandi

10:21 / 07.09.2022
Jizzaxda oilaviy janjal o‘lim bilan tugadi

12:45 / 18.06.2022
Jizzaxda 50 gektar yerni 500 million so‘mga sotmoqchi bo‘lgan klaster mas’uli ushlandi

16:48 / 18.04.2022