Yetti oylik parvozdan söng Xitoyning "Tyanven-1" zondi Mars orbitasiga çiqdi. Bu haqda Xitoy kosmik agentligiga tayanib DW xabar bermoqda.

Stansiya may oyigaça qönişga qulay joy tanlaş uçun Mars yuzasini batafsil suratga tuşiradi. Söngra Marsda yurişga möljallangan qurilma joylaşgan platforma zonddan ajralib çiqadi va Qizil sayyoraga qönadi.  

Xitoy missiyasining maqsadi – Marsda hayot izlarini topiş hamda uning insonlar tomonidan özlaştirilişi uçun imkoniyatlarni örganiş. Marsoxod uç oy davomida sayyorani örganadi, suratga oladi va Mars xaritasini tuzişga yordam beradi.  

Xitoy ilgari ham Marsni zabt etişga urinib körgandi. 2011 yilda Rossiya bilan hamkorlikda amalga oşirilgan parvoz muvaffaqiyatsiz startdan keyin töxtatilgan.

9 fevral kuni Birlaşgan Arab Amirliklarining Al Amal ("Umid") avtomatik sayyoralararo stansiyasi qariyb 500 mln km masofani bosib ötib, Mars orbitasiga çiqdi. Marsning elliptik orbitasida joylaşadigan mazkur qurilma sayyoraning iqlimi va atmosferasining quyi qatlamlarini örganadi.