«Oçilboy Ramatov rahbarligidagi kompleksga – yil yakuniga qadar 10 ming kilometrdan ortiq içki va qişloq (mahalla) yöllarini ta'mirlaş, 700dan ortiq aholi punktiga (3 million aholi) toza içimlik suvi yetkaziş asosiy vazifa bölişi kerak.

Xorijdagi hamkorlarimizni ogohlantiringlar – yöllar böyiça ikki yil barça taşqi loyihalarni töxtatamiz, barça kuçni içki yöllarga qaratamiz. Sohadagi vaziyat meni mutlaqo qoniqtirmaydi. Yöllarni ta'mirlaşda davlat-xususiy şerikçilik tizimini joriy qilişimiz kerak. Mana, pandemiya paytida DXŞ iş berdi-ku, nega bu sohada qöllamasligimiz kerak? Odamlarimiz [Ramatovga qarata] yöl va suvdan norozi.

Bunda, qişloq va mahallalardagi içki yöllarni ta'mirlaşda «qum-şağal qorişmasi»dan foydalaniş hisobidan, arzon va köproq yöllarni ta'mirlaşga joylardagi sektor rahbarlari, Xalq qabulxonalari va Favqulodda vaziyatlar boşqarmalari boşliqlari şaxsan boş-qoş bölişlari şart», deya prezidentning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri. 

Energetika vaziri Alişer Sultonov va «Hududiy elektr tarmoqlari» raisi Uluğbek Mustafoyevga ikki oy muddatda ta'mirga muhtoj elektr tarmoqlari va transformatorlarni «mahallabay» xatlovdan ötkazib, ularni yangilaş dasturini tasdiqlaş vazifasi berilgan. Bunda yil yakuniga qadar 15 ming kilometr elektr tarmoqlari hamda 4 mingta transformator yangilanişi kerak.

Şuningdek, Ramatov, Mahkamov, Boboyev, Abduvaliyev viloyat hokimlari bilan birga bir oy muddatda 5,5 mingga yaqin ta'mirtalab katta-kiçik köpriklarni rekonstruksiya qiliş böyiça «manzilli dastur»ni tasdiqlaydi. Buning uçun avvalo Abduvaliyev, Adiz Boboyev boşçiligida işçi guruhi tuzilib, ikki hafta muddatda barça köpriklar qayta xatlovdan ötkazilişi zarur.

Ramatov, Kudbiyev, Kadastr agentligi (F.Umarov) ikki hafta muddatda köpriklar kadastrini şakllantirib, egalariga biriktirib berişi körsatma qilingan.

Şuningdek, Ramatov, Ş.Hidoyatov viloyat hokimlari bilan birga joriy yil 1 martga qadar aholiga kommunal xizmatlar körsatiş tizimini yanada yaxşilaş böyiça dasturni tasdiqlaydi. Bunda, köp kvartirali uylarning 2 mingta liftini ta'mirlaş va yangisiga almaştiriş, 4,5 mingta köp kvartirali uy-joy fondini ta'mirlaş va hududlarni obodonlaştiriş nazarda tutilişi zarur.

Davlat rahbari Ramatov, Zokirov, Ş.Hidoyatov viloyat hokimlari bilan birga, joriy yilda şaharlarda kamida 21 mingta, qişloqlarda 8 ming 800ta uy-joylar barpo qilişi lozimligi böyiça ham topşiriq bergan.