Amaldagi ma'muriy jazo çoralari iste'molçilar huquqlarini buziş holatlarining oldini oliş hamda tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan sifatli xizmatlar körsatişni töliq ta'minlay olmayotganligi sababli “Iste'molçilarning huquqlari töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi qonuniga özgartiriş va qöşimçalar kiritilmoqda.

Kun.uz muxbirining ma'lum qilişiça, Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi “Adolat” SDP fraksiyasi yiğilişida hukumat tomonidan Qonunçilik palatasiga kiritilgan “Iste'molçilarning huquqlarini himoya qiliş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi. 

Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi huzuridagi Iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş agentligi direktori Elmurod Hayitmetovning bergan ma'lumotlariga köra, tovar hamda savdo qiliş qoidalari töğrisidagi ma'lumotlar köp hollarda boşqa tillarda aks ettirilişi kuzatilmoqda. Bu holat iste'molçilarning huquqlarini töliq röyobga çiqarilişiga tösqinlik qilib kelmoqda. Xususan, Fransiya, Rossiya, Ukraina, Qozoğiston, Isroil kabi davlatlar qonunçiligida tovarlar (xizmatlar)  töğrisidagi ma'lumotlar davlat tilida berilişi mustahkamlab qöyilgan.

 “Iste'molçilarning huquqlari töğrisida”gi qonunga kiritilayotgan özgartirişga köra, endilikda iste'molçiga tovar (iş, xizmat), savdo va xizmat körsatiş qoidalari töğrisidagi ma'lumotlar davlat tilida taqdim etilişi (kelişuvga köra – boşqa tillarda ham) belgilanmoqda. Sotuvçilarga bir turdagi tovarlar uçun haq tölaş şakliga qarab (naqd va naqd pulsiz) har xil narx (tarif) belgilaş taqiqlanmoqda.

Loyihada yuridik şaxs bölgan işlab çiqaruvçi (ijroçi, sotuvçi)ning bir qator huquqbuzarliklari uçun moliyaviy sanksiyalar belgilaş ham nazarda tutilmoqda. Xususan, iste'molçini qöşimça xizmatdan foydalanişga qistaganlik, qalbakilaştirilgan oziq-ovqat mahsulotlarini işlab çiqariş hamda olib kiriş va realizatsiya qiliş holatlarida Iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş agentligi va Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasining hududiy boşqarmalari tomonidan sud orqali moliyaviy moliyaviy sanksiya qöllaniladi. 

Şuningdek, qonun loyihasida tovarlarni masofadan turib, axborot tizimlaridan foydalangan holda realizatsiya qiliş holatlarida ham iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş mexanizimlari joriy etilmoqda. Ya'ni sotuvçi şartnoma tuzilgunga qadar iste'molçiga tovar yoki uni yetkazib beriş tartibi va boşqa şartlar töğrisida oldindan ma'lumotlarni taqdim etadi. Belgilangan muddatlarda tölangan summa qaytarilmagan taqdirda esa har bir kun uçun tovar narxining 1 foizi miqdorida penya tölaydi.

Yiğilişda 2020 yilda nazorat xaridlari natijalariga köra fuqarolarga 10 ta tur böyiça 79 ta nomdagi sifatsiz mahsulotlar sotilganligi hamda 4 mln iste'molçilarning huquqlari buzilganligini ham ta'kidlandi.