Özenergoinspeksiya matbuot xizmatining rahbari Navröz Norboboyevning ma'lum qilişiça, joylardagi örganişlar natijasida iste'molçilar tomonidan elektr tarmoqlariga noqonuniy ulaniş, elektr energiyadan qoidalarga zid ravişda foydalaniş holatlari aniqlangan.

«35 kVt va undan yuqori kuçlanişli elektr qurilmalariga ega bölgan iste'molçilarda 28 ta nazorat tadbirlari ötkazilib, inson hayotiga xavf soluvçi va avariyaviy holatlarni keltirib çiqarişi mumkin bölgan 135 ta qoidabuzarlik aniqlandi. Şuningdek, Suv xöjaligi vazirligi tasarrufidagi nasos stansiyalarida va boşqa davlat taşkilotlarida 47 ta tekşiruv ötkazildi. Mazkur tekşiruvlarni ötkaziş davomida elektr va issiqlik energiyasidan foydalanişda amaldagi qoida va belgilangan nizom talablari buzilgan 706 ta qoidabuzarlik aniqlandi.

Bundan taşqari, elektr tarmoqlariga noqonuniy ravişda ulangan iste'molçilar yuzasidan 265 ta tadbir ötkazilib, tizimga 5,9 mlrd söm zarar keltiriş holatlari aniqlandi», – deydi mutaxassis.

Avvalroq, joriy yilning I çoragida ötkazilgan örganişlar davomida jami 166 ta iste'molçi tomonidan elektr energiyadan noqonuniy foydalaniş holatlari aniqlanib, uşbu qoidabuzarlik yuzasidan tizimga yetkazilgan zarar böyiça jami 1 mlrd 825 mln söm elektr energiya miqdori qayta hisob-kitob qilingani xabar qilingandi.