«Abduhalim Xolmahmatov boşqa işga ötişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasi Boş prokurorining birinçi örinbosari lavozimidan ozod etilsin», deyiladi prezident farmonida.

3-darajali Davlat adliya maslahatçisi A.Xolmahmatov tayinlovga qadar Özbekiston Respublikasi Prezidentining Qaşqadaryo viloyati Xalq qabulxonasi mudiri lavozimida işlagan.

U 2020 yilning fevralidan buyon boş prokurorga örinbosarlik qilib kelayotgandi. Ayni vaqtda uning keyingi lavozimi ma'lum emas.

Bundan oldinroq, 2019 yildan buyon Toşkent şahriga prokurorlik qilib kelgan Bahriddin Valiyev boş prokurorning birinçi örinbosarligiga tayinlangani xabar qilingandi.