JSST vakillari özlarining ilk xulosalarini taqdim qilişgaç, AQŞ bayonot berdi. Mutaxassislar, xususan, SARS-CoV-2 virusi Xitoy laboratoriyalaridan birida yetiştirilgani haqidagi ehtimollarni inkor etgandi.
«Bu virus yoki unga boğliq boşqa biri dunyodagi qandaydir laboratoriyada örganilgani haqida xabarlar berilmagan. Bundan taşqari, Uhan virusologiya instituti laboratoriyasini örganib çiqdik, bunday joydan virus sizib çiqqani ehtimoli juda past», degan JSST ekspertlar guruhi rahbari, oziq-ovqat xavfsizligi va zoonoz yuqumli kasalliklar böyiça mutaxassis Piter Ben Embarek.
Koronavirus Xitoyda yaratilgani, keyin esa tasodifan yoki ataylab butun dunyoga tarqatilgani haqidagi miş-mişlar ötgan yil yanvaridan buyon tarqala boşlagandi. AQŞning sobiq prezidenti Donald Tramp virus Uhandagi Virusologiya institutida işlab çiqilgani borasida dalillar borligini aytgandi. Xitoy va JSST avvaldan SARS-CoV-2 laboratoriyada paydo bölgani haqidagi gipotezani rad etib kelgan.
Rasmiy Vaşington esa Xitoy taraf harakatlari şaffofligi va xalqaro mutaxassislar taqdim etayotgan ma'lumotlar işonçliligiga şubha bildirgan.
JSST guruhi a'zolaridan biri, kasalliklar ekologiyasi böyiça mutaxassis Piter Daszak bunga javoban öz tvitterida quyidagilarni yozgan: «Tramp davrida real vaziyat bilan aloqasini yöqotgan va köplab jihatlarda oçiqça xato qilayotgan Amerika razvedkasi tarqatayotgan har narsaga ham işonaveriş kerakmas». U guruh imkon qadar aniq işlaşga harakat qilganini ta'kidlab ötgan.
Xitoy JSST mutaxassislarini öz hududiga qöyişga osonlikça rozi bölmagandi – avval ularning işlaş şaroitlari kelişildi. AQŞ tarafining fikriça, bu rasmiy Pekinning oçiq hamkorlikka tayyor emasligidan. Yanvarda JSST missiyasi Xitoyga endi yetib kelganida, Oq uy ma'muriyati qattiqqöl va murosasiz tekşirişlardan umidvor ekanini aytib bayonot bergandi. Rasmiy Pekin esa Vaşingtondan vaziyatga siyosiy tus bermaslikni söragandi.













