Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida «Elektr energetikasi sohasini isloh qilişning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident qarori loyihasi joylaştirildi.
Hujjat bilan 2021 yil IV çoragiga qadar elektr energiyasi va tabiiy gazning raqobatli bozorini tartibga soliş, litsenziyalaş va nazorat qiliş funksiyalarini amalga oşiradigan, hukumat tarkibiga kirmaydigan, prezident va Oliy Majlisga hisobdor organ – Özbekiston Respublikasi Energetika bozori regulyatori taşkil etilişi belgilanmoqda.
Qaror loyihasida quyidagilar regulyatorning asosiy vazifalari ekani keltiriladi:
- energetika sohasida davlat uluşini kamaytiriş, xususiy investitsiyalarni jalb qiliş uçun qulay şart-şaroitlar yaratilişini ta’minlaş hamda eng yaxşi takliflar va eng zamonaviy texnologiyalarni jalb qiliş orqali elektr energiyasini yakuniy iste’molçilarga yetkazib beriş narxlarining asossiz oşişining oldini oliş;
- energetika sohasida raqobatli bozorni şakllantirişni taşkillaştiriş, barça iştirokçilar uçun teng huquqlar va şaffoflikni ta’minlovçi bozor qonun-qoidalarini işlab çiqiş va tasdiqlaş hamda barça bozor iştirokçilari tomonidan mazkur qonun-qoidalarga rioya etilişi ustidan doimiy nazoratni örnatiş;
- elektr energiyasi tariflarini şakllantirişda aholining kam ta’minlangan va himoyaga muhtoj qatlamlarini ijtimoiy himoya qilişga oid normalarni joriy etiş;
- asosiy qurilmalari mahalliy işlab çiqaruvçi korxonalarning texnologiyalaridan taşkil topgan elektr stansiyalarni rağbatlantiruvçi mexanizmni joriy etiş;
- xalqaro biznes amaliyotiga muvofiq, tabiiy va suyultirilgan gaz savdosini erkinlaştiriş va xizmatlar sifatini yaxşilaş;
- mamlakat içida suyultirilgan gaz taşiş va tarqatiş xizmatlari uçun iqtisodiy asosga ega bölgan alohida tölanadigan tariflarni belgilaş.
Loyihada regulyator raisi maqomiga köra vazirga hamda rais örinbosari vazir örinbosariga tenglaştirilişi tasdiqlanmoqda.
Regulyatorning öz vakolatlari doirasida qabul qiladigan qarorlari davlat va xöjalik boşqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xöjalik yurituvçi sub’yektlar va fuqarolar tomonidan bajarilişi majburiy ekani qayd etilgan.
Taşkilot faoliyati litsenziyalaş va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boşqa manbalar hisobidan moliyalaştiriladi. Xususan, 2022 yildan boşlab litsenziyalaş faoliyatidan tuşadigan mablağlarning barçasi regulyator budjetini şakllantiriş manbasi böladi.










