«Ipoteka bank» ATIB Kuzatuv kengaşi qarori bilan bankning boşqaruv raisi lavozimiga Elyor Inomjonov tayinlandi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar berdi.

Inomjonov 2019 yildan beri mazkur bank boşqaruv raisining birinçi örinbosari lavozimida işlab kelayotgan edi. U 1978 yilda tuğilgan. 1999 yilda Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaştiriş muhandislari institutini tamomlagan.

2003 yilda Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti, 2010 yilda Özbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilişi akademiyasining tadbirkorlik fakulteti, 2013 yilda Xitotsubaşi nomidagi universitetni (Yaponiya) bitirgan.

Iş faoliyatini 1999 yilda Taşqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining şahar filialida boşlagan. 2004 yilgaça mazkur bank tizimida işlagan. 2004-2005 yillarda Inkassatsiya birlaşmasining Bektemir tumani bölimi boşliği lavozimida işlagan.

2005-2007 yillarda Markaziy bankning Toşkent şahar Boş boşqarmasi tijorat banklari faoliyatini monitoring qiliş bölimi boşliği lavozimida faoliyat yuritgan.

Elyor Inomjonov «Ipoteka bank» rahbari bölgunga qadar tizimda 2007 yildan buyon turli lavozimlarda işlab keldi.

Avvalroq, uşbu bankning sobiq rahbari Şuhrat Otaboyev Özbekiston prezidentining iqtisodiy masalalar böyiça maslahatçisiga örinbosar etib tayinlangani xabar qilingan edi.