Reklama beriş böyiça qonun talablarini buzganligi uçun Ipotekabankka nisbatan iş qözğatildi. Bu haqda Raqobat qömitasi axborot xizmati xabar berdi.

«Instagram ijtimoiy tarmoğidagi Ipotekabank sahifasida bank tomonidan joriy qilingan «Super» nomli omonat turi böyiça yillik foiz stavkasi 26 foizdan ekani bayon etilgan.

Uşbu axborotga bankning internetdagi rasmiy sahifasi joylaştirilgan ma’lumotlar asosida aniqlik kiritilişiça, «Super» nomli omonat turi şartlariga muvofiq mijozlardan kassa orqali depozitga qabul qilingan naqd pul mablağlari böyiça dastlabki 3 oy uçun 26 foizdan va keyingi uç oy uçun 14 foizdan hisoblanişi, xuddi şuningdek, onlayn qabul qilingan depozit pul mablağlari böyiça esa mos ravişda 26,09 va 14 foizdan hisoblanişi ma’lum böldi.

Bunda, «Super» nomli omonat turi böyiça faqatgina dastlabki 3 oy uçun 26 foizdan pul mablağlari berilsa-da, ijtimoiy tarmoqdagi reklama axborotida omonatning muhim şartlari oçib berilmagan», deyiladi qömita xabarida.

Reklamaning bunday körinişda bölişi reklamadan foydalanuvçilarni çalğituvçi yoki çalğitişga olib keluvçi holatni ifodalaşi mumkin.

Yuqoridagilarni inobatga olib, «Reklama töğrisida»gi qonunning 16-moddasi va 43-moddasi hamda «Iste’molçilarning huquqlarini himoya qiliş töğrisida»gi qonunning 6-moddasi talablari buzilişi alomatlari yuzasidan Ipotekabankka nisbatan iş qözğatildi.