Ötgan yili iyun oyida bölib ötgan xususiylaştiriş jarayonida Ipotekabankning 73,71 foiz aksiyalari OTP guruhiga ötgan edi. Ma’lum bölişiça, keyinçalik Vengriya kompaniyasining uluşi 79,6 foizga yetgan. Bunga iqtisodçi Otabek Bakirov e’tibor qaratdi.
Jamoatçilik faoli bu holatda Özbekiston Respublikasi nomidan iş olib borgan Iqtisodiyot va moliya vazirligining harakatlari Özbekiston manfaatlariga qançalik mos bölganini savol ostiga olmoqda.
“Iqtisodiyot va moliya vazirligi Ipotekabankdagi bloklovçi paketi yuvilib ketişiga rozi bölib ovoz bergan. Bunaqasi faqat Özbekistonda yuz beradi”, – deya yozdi Bakirov.
Gap şundaki, Ipotekabank aksiyadorlarining 2023 yil 10 noyabrdagi umumiy yiğilişida 844,6 mlrd sömlik qöşimça aksiya çiqariş va aksiyalarni yopiq obuna bilan OTP Bank Nyrt'ga joylaştiriş masalasi kun tartibiga kiritilgan. 98,59 foizlik kvorum bilan ötgan yiğilişda bu boradagi qaror 100 foiz ovoz bilan qabul qilingan.
Uşbu qaror asosida, OTP guruhiga tegişli böladigan qöşimça aksiyalar çiqarilgan, natijada kompaniyadagi uluşlar quyidagiça köriniş olgan: OTP Bank – 79,6 foiz, Iqtisodiyot va moliya vazirligi 19,1 foiz, boşqa yuridik va jismoniy şaxslar – 1,3 foiz.
“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qiliş töğrisida”gi qonunning 60-moddasiga asosan, yirik bitimlar tuziş haqidagi qarorlar malakali köpçilik tomonidan qabul qilinadi. Qonunga köra, malakali köpçilik deganda aksiyadorlar umumiy yiğilişida iştirok etayotgan ovoz beriş huquqiga ega aksiyadorlarning törtdan uç qismi tuşuniladi.
Qöşimça aksiyalar çiqarilişi hisobiga, ana şu törtdan uç qismlik ovozlar birgina OTP guruhining qölida töplangan. Bu esa Vengriya kompaniyasiga boşqa aksiyadorlar, xususan Özbekiston hukumati bilan kelişmasdan yirik bitimlar tuziş huquqini beradi.
Yirik bitim deganda – qiymati jamiyat sof aktivlari miqdorining 15 foizidan ortiğini taşkil etuvçi mol-mulk xususidagi bitimlar tuşuniladi.
Şuningdek, malakali köpçilik ovoziga ega aksiyador jamiyatni qayta taşkil etiş, tugatiş, kuzatuv kengaşi a’zolarini saylaş va böşatiş, ustav fondi (ustav kapitali)ni köpaytiriş, korporativ obligatsiyalar, şu jumladan aksiyalarga ayirboşlanadigan obligatsiyalar çiqariş, affillangan şaxs bilan tuzilayotgan bitimni ma’qullaş töğrisidagi qarorlarni qabul qilişi mumkin.













