2024 yil 10 iyulda Raqobat qömitasi reklama beriş böyiça qonun talablarini buzgani uçun Ipotekabankka nisbatan iş qözğatilganini ma’lum qilgandi.

Ipotekabank özining Instagramʼdagi sahifasida Super nomli omonat turi böyiça reklama joylaştirgani, reklamada uşbu omonat turi böyiça yillik foiz stavkasi 26 foizdan ekani bayon etilgani xabar qilingandi. Raqobat qömitasining örganişlariga köra, 26 foizlik stavka dastlabki 3 oy uçun amal qilişi, keyingi uç oy uçun bu körsatkiç 14 foizgaça pasaytirilişi ma’lum bölgan.

Raqobat qömitasi matbuot xizmatining ma’lum qilişiça, iste’molçilarning huquqlarini himoya qiliş va reklama töğrisidagi qonunçilik hujjatlari buzilişi yuzasidan işlarni körib çiqiş böyiça Maxsus komissiyasi “Ipotekabank” ATIB tomonidan nomaqbul (notöğri) reklamaga yöl qöygan deb topilib, unga nisbatan belgilangan tartibda moliyaviy jarima qöllaş haqida qaror qabul qilingan. Şuningdek, qonunbuzilişi holatini bartaraf etiş va kelgusida takrorlamaslik yuzasidan körsatma berilgan.

“Ma’lumot örnida, Maxsus komissiyaning uşbu qaroridan norozi bölgan tomon qömitaning Apellyatsiya kengaşiga yoki sudga murojaat qiliş huquqiga ega”, - deyiladi xabarda.

Xabarda bank qança miqdorda jarimaga tortilgani oçiqlanmagan. Raqobat qömitasi matbuot xizmati Kun.uz söroviga javoban, jarima miqdorini iş doirasida e’lon qiliş maqsadga muvofiq emas deb topilgani, qonunçilikda belgilangan tartibda qöllanişini ma’lum qildi.

Ma’lumot uçun, “Reklama töğrisida”gi qonunga köra, nomaqbul reklama — notöğri, axloqsiz, yaşirin reklama, şuningdek uşbu qonun talablariga mos kelmaydigan boşqa reklama hisoblanadi. Qonunda nomaqbul reklamaga yöl qöyilmasligi belgilangan.

Şuningdek, nomaqbul reklama berganlik, aksilreklama berişni rad etganlik — bazaviy hisoblaş miqdorining yetmiş baravari miqdorida jarima solişga sabab bölişi nazarda tutilgan. Hozirgi kunda bazaviy hisoblaş miqdori 340 ming sömni taşkil qiladi, demak bankka 23,8 mln söm miqdorida jarima qöllangan.

Avvalroq qömita Korzinka reklama böyiça qonunbuzilişiga yöl qöygan deb topilgani va unga moliyaviy jarima qöllaş yuzasidan sudga kiritiş böyiça qaror qabul qilingani haqida xabar