Jismoniy tarbiya va sport vazirligi xabariga köra, medallarning yarmidan köpi, ya'ni 5tasi oltin bölsa, bittasi kumuş va 3tasi bronza medallaridir.

Disk uloqtiriş musobaqasining F57 klassida iştirok etgan Mohigul Hamdamova 32.49 metr natija bilan Osiyo rekordini yangilaşga muvaffaq böldi.

12 fevral kuni qölga kiritilgan medallar:

  • Husniddin Norbekov (yadro uloqtiriş F35) – oltin;
  • Mohigul Hamdamova (disk uloqtiriş F57) – oltin;
  • Sabina Suxanova (yuguriş T37) – oltin;
  • Nurxon Qurbonova (nayza uloqtiriş F54) – oltin;
  • Natalya Semyonova (nayza uloqtiriş F55) – oltin;
  • Muhammad Rexsimov (yadro uloqtiriş F42) – kumuş;
  • Abdulazizxon Abduhakimov (bosqon uloqtiriş F32) – bronza;
  • Yorqin Odilov (nayza uloqtiriş F57) – bronza;
  • Farrux Saidxöjayev (disk uloqtiriş T11) – bronza.

Uşbu para atletlardan faqat Husniddin Norbekovda Tokio-2020 paralimpiya öyinlari litsenziyasi mavjud edi. Qolgan sportçilar esa keçagi ğalabalari evaziga litsenziya oliş imkoniyatini keskin oşirdi va öz hisoblariga muhim reyting oçkolarini qöşib qöyişdi.

Hozirgaça para yengil atletika böyiça Özbekiston terma jamoasi a'zolari Dubay Gran-prisida 9ta oltin, 3ta kumuş va 4ta bronza, jami 16ta medalni qölga kiritdilar.

Bugun Gran-prining törtinçi kunida quyidagi sportçilar bahslarga kirişadi:

  • Mohigul Hamdamova – yadro uloqtiriş;
  • Sabina Suxanova – yuguriş (100 metr va 400 metr);
  • Asila Mirzayorova – uzunlikka sakraş;
  • Yoqutxon Xolbekova – uzunlikka sakraş;
  • Nurxon Qurbonova – nayza uloqtiriş;
  • Timur Ğiyosov – balandlikka sakraş;
  • Miran Saxatov – uzunlikka sakraş;
  • Omad Hasanov – balandlikka sakraş;
  • Kubaro Hakimova – yadro uloqtiriş;