Mazkur anjumanda 15 fevral —Xalqaro bolalar saratoni kasalligiga qarşi kuraşiş kuni munosabati bilan Özbekistonda bolalar onkologiyasi va gematologiyasi böyiça yölga qöyilayotgan işlar tahlil qilindi.

Yiğilişni oçib bergan Soğliqni saqlaş vaziri örinbosari Elmira Bositxonovaning sözlariga köra, ayni paytda yurtimizda bolalar gematologiyasi va onkologiyasi sohasini birlaştiriş jarayoni tatbiq etilmoqda. Bu islohot Bolalar milliy tibbiyot markazida xalqaro standartlar asosida boşlandi. Yaqin istiqbolda uşbu markaz tajribasi asosida hududlardagi bolalar köp tarmoqli markazlarida ham joriy etiladi.

Özbekistonda bolalar onkologiya va gematologiyasi sohasida, tibbiyot tili bilan aytganda, multidissiplinar yondaşuv belgilanmoqda, populyatsion va gospital kanser-registrlarini şakllantiriş, davolaş protokollarida zamonaviy molekulyar, tsitogenetik tekşiruv va ilik transplantatsiyasi qöllaş, özak hujayralari bankini şakllantiriş böyiça izlanişlar olib borilmoqda, palliativ yordam tizimining faoliyati yölga qöyilmoqda.

Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti vakili Nargiza Qosimova bu kasallikni yengiş nafaqat Özbekistonda, balki butun dunyoda qiyin keçayotganini ta'kidladi. Tadbirda onlayn iştirok etgan Rogaçev nomidagi bolalar gematologiya, onkologiya va immunologiyasi Milliy tibbiy tadqiqot markazi prezidenti, akademik Aleksandr Rumyansev videolavha orqali Rossiyada onkologiya va gematologiya sohasini rivojlantiriş uçun 2004 yildan buyon iş olib borilayotganini va natijada bugungi kunda mamlakatda 64ta köp tarmoqli ixtisoslaştirilgan bolalar köp tarmoqli markazlari mavjudligini aytdi.

Jahon tajribasida bölganidek, bolalar gematologiyasi va onkologiyasida davlat tibbiyot muassasalari bilan bir qatorda nodavlat notijorat taşkilotlarning ham ahamiyatini inkor etib bölmaydi. Çunki bir qator nodavlat notijorat taşkilotlari, xalqaro jamoatçilik fondlari vakillari bu jarayonlarda faol iştirok etib, bolalar salomatligi uçun kuraşda kömak berişmoqda. Ulardan biri «Ezgu amal» fondi hisoblanadi. Mazkur fond bu kasallikni yengişda 2020 yilda 200dan ortiq bolalarga öz yordamlarini berdi.

 «Bugungi kunda saraton kasalligi – bu hukm emas. Şuni xalqimizga yetkazişga harakat qilyapmiz», deydi «Ezgu amal» fondi vakili Munira Xöjaxonova.