Italiyada Mario Dragi boşçiligidagi yangi hukumat qasamyod qildi. Qasamyod marosimi mamlakat prezidenti Serjo Mattarella iştirokida bölib ötdi.
Yangi mahkamadan jami 23 nafar vazir örin oldi. Iste'foga çiqqan Juzeppe Konte hukumatidagi qator vazirlar, jumladan taşqi işlar vaziri Luiji Di Mayo, içki işlar vaziri Luçanu Lamorjyeze, soğliqni saqlaş vaziri Roberto Speransu, madaniyat vaziri Dario Françeskini, mudofaa vaziri Lorenso Guerini öz lavozimlarini saqlab qoldi. Stefano Patuanelli iqtisodiyot vazirligidan qişloq xöjaligi vazirligiga ötdi.
Italiya markaziy banki boş direktori Daniele Franko iqtisodiyot vaziri lavozimini egallaydi. Mario Dragi mamlakat konstitutsion sudining sobiq raisi Marta Kartabiyani adliya vaziri etib tayinladi.
Italiyada 13 yanvarda ikki nafar vazir iste'foga çiqişini ma'lum qilganidan söng siyosiy inqiroz yuzaga kelgandi.
26 yanvarda Konte boş vazirlikdan iste'foga çiqdi.












