Microsoft asosçisi Bill Geyts yaqin beş yil davomida global iqlim özgarişiga qarşi kuraşişga qaratilgan startap va loyihalarga ikki milliard dollar investitsiya kiritmoqçi. U bu haqda Handelsblatt naşriga bergan intervyusida aytdi.
Geytsning fikriça, jahondagi davlatlar iqlimni himoya qilişga qaratilgan tadqiqotlarga xarajatlarni kamida beş baravarga, yiliga 110 mlrd dollargaça oşirişlari kerak.
"Biz jismoniy iqtisodiyotni jadal sur'atlarda özgartirişimiz zarur", - deb ta'kidladi u.
Milliarder şu bilan birga, dunyo sanoati atom energiyasidan voz keçmasligi kerakligini, çunki quyoş va şamol kabi muqobil energiya manbalari elektrga bölgan ehtiyojni qoplaşga yetmasligini aytdi.
Bill Geytsning fikriça, kelajakdagi muqobil energiyalardan yana biri – bu vodorod yonilğisi. Undan foydalanib, sement va pölat işlab çiqarişda is gazi ajralib çiqişini sezilarli darajada kamaytiriş mumkin, deb hisoblaydi Microsoft asosçisi.
Geyts sayyoradagi ekologik vaziyat haqida gapirar ekan, iqlimni suv töldirilgan vannaga qiyosladi.
"Hattoki kranni suv tomçilab turadigan darajada berkitsak ham bir kuni vannadan suv toşadi", - dedi u.












