Dastlabki hisobotda ta'kidlanişiça, Özbekistonda tamaki işlab çiqariş 1990 yildan buyon sezilarli darajada kamaygan, öşa paytda uşbu mahsulotning ekin maydoni 12 ming gektardan, yalpi hosil 27,8 ming tonnadan oşgan. Bugungi kunda sanoatni qayta işlaşga yaroqli bölgan tijorat tamaki mahsulotlarining katta qismi Samarqand viloyatining Urgut tumanida qariyb uç ming gektar maydonda yetiştiriladi, şu jumladan, mamlakat uçun yangi bölgan «Virjiniya» navi — 1,3 ming gektar maydonda.
Xomaşyoni qayta işlaşning xususiyatlari
Özbekistonga xomaşyo importi nisbatan kam miqdorda, yiliga 15 million dollarni taşkil etadi (2019 yilgi ma'lumotlarga köra). Import örnini bosiş uçun işlatiladigan «Izmir» va ayniqsa «Virjiniya» navlari uçun xomaşyo narxlarining dinamikasi asosan dollarning sömga nisbatan dinamikasiga boğliq bölib, qiyosiy barqarorlikni körsatdi. Ta'kidlanişiça, xarajat xomaşyoning naviga boğliq.
Urgut tumanida «Virjiniya» navini yetiştiriş uçun fermerlarning xomaşyo işlab çiqariş böyiça maslahatlari va maşğulotlariga qaramay, tabiiy an'anaviy quritiş bilan sanoat qayta işlaş uçun xomaşyoning barqaror qiymatlariga erişiş imkoni bölmagan.
«Şu sababli, işlab çiqaruvçi kompaniya bir neça million dollarlik maxsus quritiş uskunalarini olib kirişga va ulardan foydalanişga majbur böldi va xomaşyoning maqbul sifat körsatkiçlariga erişiş uçun maxsus texnik jarayonni işlab çiqdi», deya ta'kidlaşgan tadqiqotçilar.
Hosildorlik va ekologiyaga ta'siri
Atrof-muhitga ta'siri haqida gapirganda, mualliflar tamaki yetiştirilganda kaliyni bir neça barobar köproq iste'mol qilişiga, şuningdek, boşqa qişloq xöjaligi kimyoviy moddalarini faol işlatişni talab qilişiga e'tibor qaratgan. Tamaki işlab çiqariş kiçik fermer xöjalik şaroitida amalga oşirilganda, dehqonlar va ularning oila a'zolari soğliğiga bir qator salbiy ta'sirlar kuzatilgan.
Özbekiston uçun yangi «Virjiniya» navi rentabellik darajasidan bir neça baravar past hosilni, şuningdek, nikotin, smola va boşqa moddalar tarkibidagi öta beqaror körsatkiçlarni namoyon etgan.
«Tamaki yetiştiriş uçun yer maydoni dukkakli va yem-xaşak ekinlari (beda) bilan almaştirib ekiş kerak, aks holda yer tezda unumdorligini yöqotadi, hosil bera olmaydi va uzoq hamda qimmatga tuşadigan qayta tiklaşni talab qiladi. Biroq, dukkakli va ozuqaviy ekinlarni yetiştiriş (masalan, çorva uçun beda) böyiça bozor yoki tajriba mavjud emas. Çorvaçilik uçun barça işlab çiqariş zanjirini quriş kerak böladi», deydi mualliflar.
















