Aşxobod şahriga amaliy taşrif bilan borgan Özbekiston Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov tomonidan qabul qilindi.

Vazir Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Turkmaniston prezidentiga maktubini topşirgan.

«Uçraşuv çoğida oliy darajadagi taşriflar doirasida erişilgan kelişuvlarning ijrosi yuzasidan fikr almaşildi.

Qayd etilganidek, ikki mamlakat yetakçilarining siyosiy irodasi natijasida davlatlararo munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqiçga kötarildi. Siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyalar, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boşqa sohalardagi ikki tomonlama aloqalar salmoqli darajada faollaşdi. Xalqaro va mintaqaviy taşkilotlar doirasida ham hamkorlik amalga oşirilmoqda.

Muloqotda Markaziy Osiyoda köp tomonlama hamkorlikni rivojlantiriş, yangi mintaqaviy bozorlarga çiqiş uçun infratuzilmaviy va transport-kommunikatsiya loyihalarini amalga oşiriş istiqbollariga alohida e'tibor qaratildi.

Muzokaralar çoğida tomonlarni qiziqtirgan boşqa masalalar ham muhokama qilindi», deyiladi Özbekiston TIV xabarida.

Abdulaziz Komilov amaliy taşrif doirasida Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi örinbosari, Taşqi işlar vaziri Raşid Meredov bilan ham uçraşgan.

«Muzokaralar çoğida taşqi siyosiy idoralar rahbarlari siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, suv xöjaligi, madaniy-gumanitar va boşqa sohalardagi Özbekiston – Turkmaniston munosabatlarining bugungi holati va rivojlaniş istiqbollarini muhokama qildilar.

Xalqaro va mintaqaviy taşkilotlar doirasidagi hamkorlik masalalari ham körib çiqildi.

Markaziy Osiyodagi hozirgi vaziyat, mintaqaviy hamkorlikni yanada rivojlantiriş böyiça birgalikda amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar, özaro boğliqlikni yangi – mintaqalararo bosqiçga olib çiqiş uçun şakllanayotgan imkoniyatlarga alohida e'tibor qaratildi.

Vazir Turkmaniston tomonini joriy yil Toşkent şahrida ötkaziladigan «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy boğliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» mavzusida yuqori darajadagi Xalqaro konferensiyaga taklif qildi.

Tadbir yakunida Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi va Turkmaniston Taşqi işlar vazirligi örtasida 2021-2022--yillarga möljallangan Hamkorlik dasturi imzolandi», deyiladi TIV xabarida.