10 mingga yaqin xo‘jalik yuritish sub'yektlariga DSQ tomonidan  talabnoma yuborilgan.  Ular nimadan norozi?

Davlat soliq qo‘mitasi 2021 yilning fevral oyida «Lozim darajada ehtiyotkorlik» xizmatini ishga tushirgan edi, unda shubhali soliq to‘lovchilar ro‘yxati shakllantirildi.

Tizim orqali endilikda tadbirkorlar o‘z biznes-sheriklarining to‘lanishi kerak bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) summalarini kamaytirish tarzidagi huquqni suiiste'mol qilgan korxonalar ro‘yxatiga tushib qolgani yoki unda mavjud emasligini tekshirishi mumkin.  

Qo‘mita bergan xabarga ko‘ra, ro‘yxatga ayni paytda 396 shubhali soliq to‘lovchilar kiritilgan bo‘lib, ular bilan hamkorlik qilgan (tovar yoki xizmat olgan) qariyb 10 mingga yaqin xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar tomonidan 1 trillion so‘mga yaqin QQS summasi hisobga olingan holda budjetga to‘lanmagan.

Ma'lum bo‘lishicha, budjetga to‘lanmay kelingan 1 trillion so‘mga yaqin mablag‘ni o‘rniga qo‘yish maqsadida ro‘yxatga kiritilgan 396ta soliq to‘lovchi va ular bilan hamkorlik qilgan 10 mingga yaqin tadbirkorga talabnoma yuborilgan.

Talabnomada tadbirkorlik sub'yektlarining soliq qarzi (QQS miqdori) hamda soliq qarzini vaqtida to‘lamagan taqdirda chora ko‘rilishi bildirilgan.

Qo‘mita soliq kodeksining 14-moddasiga muvofiq, noto‘g‘ri ishlagan soliq to‘lovchi (DSQ saytida e'lon qilingan ro‘yxatga kirgan shubhali 396 korxonadan biri yoki bir nechtasi) bilan hamkorlik qilgan (tovar yoki xizmatlar sotib olgan) tadbirkorlik sub'yektlariga hisobga olish qo‘llanilmaydi.

Hisobga olish nima degani?

Moliyachi Otabek Bakirov hisobga olishni shunday tushuntiradi:

«A korxona «B» korxonadan QQS bilan 115 so‘mga mahsulot oldi va «S» korxonaga QQS bilan 150 so‘mga sotdi, deylik. Shunda «A» korxona aslida 5,25 so‘m QQS to‘laydi (150-115)*15%. Lekin DSQ «B» korxonani «obnalchi» (