Prokuratura munosabatiga köra, fuqaro D.D. Jomboy tuman prokuraturasiga murojaat qilib, 8 fevral kuni Zarafşon milliy tabiat boği hududida yurgan vaqtda mazkur boğ rahbari va 1-uçastka nozirlari buğuni otişganligini körganini ma'lum qilgan. Şuningdek, 9 fevral kuni buğu söyilgan joyga borib, uning bölingan kallasi, terilarini yiğib uyiga olib kelib, videotasvirga olganligini bayon qilib, uşbu holat yuzasidan aybdor şaxslarga nisbatan qonuniy çora körişni söragan.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilib, voqea sodir bölgan joy hamda Zarafşon milliy tabiat boği rahbariga tegişli avtomaşina közdan keçirilgan.
Tekşiruv natijasida hayvonot dunyosiga 36 mln 750 ming söm zarar yetkazilganligi inobatga olinib, Jomboy tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 202-moddasi 3-qismi «j» bandi bilan (Özbekiston Respublikasi «Qizil kitob»iga kiritilgan buğuni nobud qilgan holda hayvonot dunyosidan foydalaniş tartibini buziş) jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib boriş uçun Jomboy tuman IIB TBga yuborildi, deyiladi viloyat prokuraturasi xabarida.
Jinoyat işi tergovi Jomboy tuman prokuraturasi tomonidan nazoratga olingani aytilgan.
Eslatib ötamiz, uşbu holat böyiça Kun.uz ga xabar bergan fuqaro buğu otilganidan söng boğ rahbarining xizmat maşinasiga ortilib, daryo böyiga olib çiqilgani va terisi şilingani haqida aytgandi.












