Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2021 yil 16 fevral kuni “Xalqaro tijorat arbitraji töğrisida”gi qonunni imzoladi.
Uşbu qonun Özbekiston va boşqa davlat örtasida amalda bölgan kelişuvlarga rioya etgan holda xalqaro tijorat arbitrajiga nisbatan qöllaniladi.
Uşbu qonun bilan quyidagi tuşunçalarga ham ta'rif berildi:
- arbitr – taraflar tomonidan nizoni arbitrajda hal qiliş uçun kelişilgan tartibda tayinlangan jismoniy şaxs;
- arbitraj – doimiy arbitraj muassasasi yoki muayyan nizoni hal etiş uçun taşkil etiladigan arbitraj sudi tomonidan amalga oşirilişidan qat'i nazar, nizoni hal etiş tartib-taomili;
- arbitraj muassasasi – xalqaro tijorat arbitrajini boşqaradigan taşkilot;
- arbitraj sudi – yakka tartibdagi arbitr yoki arbitrlar hay'ati.
Taraflar öz xohişiga köra arbitrlar sonini belgilaşi mumkin. Bunday kelişuv bölmaganda uç nafar arbitr tayinlanadi.
Xalqaro tijorat arbitrajiga taraflarning kelişuviga binoan tijorat xususiyatiga ega bölgan ham şartnomaviy, ham şartnomadan taşqari barça munosabatlardan yuzaga keladigan nizolar berilişi mumkin.
Arbitraj sudi tomonidan belgilangan ta'minlaş çorasi majburiy kuçga ega deb tan olinadi.
Arbitraj iş yuzasidan yozma hal qiluv qarori çiqaradi.
Arbitrajning hal qiluv qarori, u qaysi mamlakatda qabul qilinganidan qat'i nazar, majburiy deb tan olinadi va sudga yozma ariza berilgan taqdirda ijro etiladi. Bunda arbitraj hal qiluv qarorining tegişli tartibda tasdiqlangan asl nusxasi yoki köçirmasini ijroga taqdim etiş lozim böladi.
Uşbu qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran olti oy ötgaç (2021 yil 18 avgustdan) kuçga kiradi.













