10 sentabr kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasi Korrupsiyaga qarşi kuraşiş va sud-huquq masalalari qömitasining “Xalqaro tijorat arbitraji töğrisida”gi Özbekiston Respublikasining qonuni loyihasi muhokamasiga bağişlangan işçi yiğilişi bölib ötdi.

“Xalqaro tijorat arbitraji töğrisida”gi qonuni loyihasi şu yilning aprel oyida Qonunçilik palatasining majlisida birinçi öqişda körib çiqilib, ma'qullangan edi.

Muhokamalar çoğida deputatlar mazkur qonun loyihasini qabul qiliş zarurati kuçayib borayotganini qayd etdilar. Boisi, Özbekiston Respublikasida xalqaro tijorat arbitraj sudlarining faoliyatini taşkil etiş va tugatiş tartibini huquqiy tartibga soliş, xalqaro tijorat arbitraj sudi faoliyatining asosiy prinsiplarini belgilaş, xorijiy investorlar, şuningdek, milliy kompaniyalarning çet ellik hamkorlar bilan özaro munosabatlarida ularning huquq va qonuniy manfaatlarini işonçli himoya qilişni ta'minlaş muhim ahamiyatga ega. Şuningdek, nizolarni körişda xöjalik yurituvçi sub'yektlarning sarf-xarajatlarini qisqartiriş, arbitraj hal qiluv qarorlarini tan oliş va ijro etiş mexanizmlarini belgilaş hamda şu asosda xalqaro şartnomalarning nizoli masalalarini hal qilişda mamlakatning mintaqadagi obrösini oşiriş nazarda tutilayotgani diqqatga molik.

Parlament quyi palatasining Korrupsiyaga qarşi kuraşiş va sud-huquq masalalari qömitasi a'zosi Şuhrat Polvonovning qayd etişiça, mazkur qonun loyihasi bugungi voqelik, zarur şaroitlarni inobatga olgan holda, norma ijodkorligi talablaridan kelib çiqib, puxta qayta işlanmoqda. Avvalo, taşabbuskorlar tomonidan kiritilganda 56 moddadan iborat bölgan loyihaning ikkinçi öqişga tayyorlaş jarayonlarida bir qator moddasiga özgartiriş kiritilib, takomillaştirildi. Qonun loyihasida asosiy tuşunçalar, qonunning qöllaniş sohasi, xalqaro tijorat arbitrajni taşkil etiş va tugatiş tartibi, ularning hisobini yuritiş, arbitraj sudlarining turlari (doimiy faoliyat yurituvçi va muvaqqat) hamda arbitrajga hal qiliş uçun beriladigan nizolar, sudning arbitraj sudlari faoliyatiga aralaşiş çegarasi kabi masalalar batafsil belgilandi.

Şuningdek, qonun loyihasida asosiy e'tibor arbitraj kelişuviga (yuzaga kelgan va yuzaga kelayotgan nizolarni arbitraj iş yurituviga taqdim etiş huquqini beruvçi asosiy hujjat sifatida) qaratilgan. Uning tuşunçasi, şakli va mazmuni, nizo mohiyati böyiça sudga beriş tartibi batafsil yoritilgan. Xususan, Qonun loyihasiga muvofiq, arbitraj bitimi yozma şaklda — şartnomadagi arbitraj şarti yoki alohida bitim tarzida tuzilişi hamda unda muayyan arbitraj nomi, arbitrlar soni, arbitraj muhokamasi ötkaziladigan joy, tili, qöllaniladigan normalar, şuningdek, boşqa ma'lumotlar körsatilişi belgilab qöyilişiga kelişildi.