AQŞ prezidenti Jo Bayden saylovoldi kampaniyasi davomida saylovlarda ğalaba qozonsa, birinçi amalga oşiradigan işlaridan biri AQŞni iqlim böyiça kelişuvga qaytariş bölişini bir neça marotaba aytgan. Jumladan, u bu haqda sobiq prezident Donald Tramp bilan teledebatlarda ham aytib ötgan. 

AQŞ Donald Tramp prezidentligi vaqtida uşbu kelişuvdan çiqib ketgandi.

Bayden 20 yanvardagi inauguratsiyasidan keyinoq AQŞning iqlim böyiça kelişuvga qöşilişi haqidagi farmonni imzolagan. AQŞning Parij kelişuviga qaytişi 30 kun vaqt oldi.

AQŞning kelişuvga qaytişi kuni BMT boş kotibi Antonio Gutteriş AQŞ prezidentining iqlim masalalari böyiça maxsus vakili Jon Kerri bilan onlayn-formatda suhbat ötkazadi. 

Issiqxona gazlariga qarşi kuraş masalasi AQŞdagi oxirgi kunlarda kuzatilayotgan yomon ob-havo sababli yanada dolzarb köriniş oldi. Joriy haftada AQŞning deyarli yarim hududi qor böronlari va sovuq havo iskanjasida qoldi. Odatda issiq havo hukm suruvçi Texasda bir neça kundan beri sovuq harorat saqlanib qolmoqda, bu yerda elektr simlari uzilişi va elektr stansiyalaridagi muammolar sababli millionga yaqin odam elektr energiyasiz qolgan.

AQŞning Parij kelişuviga qaytişiga qarşi çiquvçilar oxirgi 30 yil içida kuzatilayotgan rekord sovuq harorat global isiş haqidagi nazariyani inkor etişini aytmoqdalar. Bu orada BMT boş kotibi AQŞ va dunyoning boşqa davlatlarida kuzatilayotgan ob-havo kataklizmlari aynan issiqxona gazlarining atrof-muhitga çiqarilişi sababli iqlim tizimining muvozanatdan çiqişi oqibati hisoblanişini ta'kidlab ötgan.