Norma’ning yozişiça, quyidagi hujjatlar tasdiqlandi:

Davlat soliq qömitasi huzuridagi Kadastr agentligi töğrisidagi nizom (1);

Davlat soliq qömitasi huzuridagi Kadastr agentligining davlat kadastrlari palatasi töğrisidagi nizom (2).
 
Nizom (1) DSQ huzuridagi Kadastr agentligining maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligini, faoliyatini taşkil etiş va hisobot beriş tartibini, şuningdek uning rahbarlarining funksional vazifalari va mas'uliyatini belgilaydi.
 
Agentlikning asosiy vazifalari:

a) köçmas mulkka bölgan huquqlarni davlat röyxatidan ötkaziş sohasida:

köçmas mulkka bölgan huquqlarni davlat röyxatidan ötkaziş sohasida yagona davlat siyosati amalga oşirilişini ta'minlaş;

köçmas mulkka bölgan huquqlarni davlat röyxatidan ötkaziş;

davlat yer kadastri, binolar va inşootlar davlat kadastrini yuritiş;

köçmas mulkka bölgan huquqlarning davlat röyxatidan ötkazilişini ta'minlaşga va yer uçastkalarining özboşimçalik bilan egallab olinişiga yöl qöymaslikka qaratilgan samarali yer nazoratini amalga oşiriş;

b) geodeziya va kartografiya sohasida:

geodeziya va kartografiya sohasida yagona davlat siyosati amalga oşirilişini ta'minlaş;

aerokosmik suratga oliş, topografiya, geodeziya i kartografiyaga oid izlanişlar hamda tadqiqotlarni, yerlarni masofadan zondlaş, geodinamik tadqiqotlar ma'lumotlari va materiallaridan foydalangan holda kartografik monitoringni amalga oşiriş;

davlat kartografiya-geodeziya kadastrini yuritiş;

davlat geodeziya nazoratini amalga oşiriş;

v) davlat kadastrlarini yuritiş sohasida:

davlat kadastrlarini yuritiş sohasida yagona davlat siyosati amalga oşirilişini ta'minlaş;

davlat boşqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat kadastrlarini yuritiş sohasidagi faoliyatini muvofiqlaştiriş;