Qişloq xöjaligi, dehqonçilik va oziq-ovqat xavfsizligini suvsiz tasavvur qilib bölmaydi. Global iqlim özgarişlari ta'sirida Özbekistondagi bu ne'mat tanqisligi yildan yilga köproq sezilmoqda.

Bu yil Özbekistonda suğorma dehqonçilik uçun suv ta'minoti qanday böladi? Yoğingarçilik miqdori-çi? Dehqon, fermer, klaster va tomorqa yer egalari qanday şaroit va vaziyatlarga tayyor turişi kerak?

Kun.uz muxbiri şu kabi savollar bilan vazirlik matbuot xizmati rahbari Şuhrat Suyunovga yuzlandi.

Suyunovning vazirlik mutasaddilariga tayanib ma'lumot berişiça, gidrometeorologik vaziyat tahlili va dastlabki baholaş natijalari 2021 yil vegetatsiya (ösimliklarning ösuv davri, aprel, sentabr oylari – tahr) davrida Amudaryo va Sirdaryo havzalarining aksariyat daryolarida suv sarfi me'yorga nisbatan sezilarli kamayişini körsatmoqda.

«Bu Farğona vodiysi janubidagi daryolarda 90-100 foiz, Vaxş, Zarafşonda 85-95 foiz, Surxondaryo, Norinda 80-90 foiz, Qaşqadaryoda 75-85 foiz, Qoradaryo, Çirçiq, Ohangaronda 70-75 foiz, Farğona vodiysi şimolidagi daryolarda 60-70 foiz degani.

Bu körsatkiçlar daryolar suvlari, yoğingarçilik miqdoridan kelib çiqib, köp yillikka nisbatan şu yil kutilayotgan suv miqdori hisoblanadi.

Yoğingarçilik miqdori şunday davom etsa (suhbat 18 fevral kuni yozib olingan – tahr) 2021 yil yozgi suğoriş mavsumida suv ta'minoti darajasi 2018 yildagi vaziyatga öxşaş böladi (me'yorga nisbatan 25 foizga kam).

Agar fevral-mart oylarida yoğingarçilik yaxşi bölmasa, 2008 yilgi körsatkiçlarga yaqin, ya'ni suv tanqisligi böliş ehtimoli mavjud», – dedi u.

Mulozimga köra, Özbekiston hududidagi suv omborlarida suv zaxirasi 10 mlrd m3 bölib, bu 2020 yilga nisbatan 2,3 mlrd m3, örtaça köp yillikka nisbatan esa 1,5 mlrd m3 ga kam.

Hozirda Andijon va Çorvoq suv omborlarida köp yillikka nisbatan 25-30 foizga kam suv zaxirasi yiğilgan bölib, suv omborlariga suv zaxiralarini yiğiş davom etyapti.

«Toğlarda yoğinlar va mavsumiy qor töplaniş jarayoni aprel oyigaça davom etişi sababli 2021 yilning vegetatsiya davriga suv sarfining dastlabki prognozi mart oyi boşlanişida tayyorlanadi.

Şundan kelib çiqib, 2021 yil vegetatsiya mavsumi uçun barça manbalardan suğoriş işlariga 26,9 mlrd m3 suv limiti ajratilgan.