«2021 yilgi mavsumda Özbekiston Professional futbol ligasi tomonidan ötkaziladigan musobaqalar reglamenti»ning 22.3-bandiga asosan şu yilning 6 mart sanasida Özbekiston Superkubogi uçun uçraşuv ötkaziladi.

Unda mamlakat çempioni sifatida «Paxtakor» va vitse-çempion sifatida «Nasaf» klublari özaro saf tortadi. Bellaşuv 16:00da start oladi.

Mazkur band şartlaridan kelib çiqib, Superkubok öyini uçun Samarqand şahri tanlab olindi. Şahargaça yetib boriş şaroiti Toşkent va Qaşqadaryo klubi muxlislari uçun nisbatan teng ekani inobatga olindi. Reglamentdan kelib çiqib, mazkur bellaşuvda «Paxtakor» futbol klubi rasmiy mezbon hisoblanadi.

Özbekiston Professional futbol ligasi Superkubok öyinini taşkil etişda körsatayotgan yordami uçun Samarqand viloyati hokimiyati hamda «Dinamo» futbol klubi rahbariyatiga minnatdorçilik bildiradi», - deyiladi xabarda. 

Avvalroq, Tribuna.uz sayti PFL işçi guruhi seşanba kuni Samarqandda bölib, «Dinamo» stadionini nazoratdan ötkazgani va Özbekiston Superkubogi bahsi köhna şaharda ötkazilişi haqida xabar bergandi.