Yaypandagi muxlislar bilan liq tölgan «Özbekiston» markaziy stadionida keçgan uçraşuvning birinçi bölimi tengkuraşlar ostida ötdi. Ikkinçi bölimning 61-daqiqasida esa Aziz Turğunboyevning uzatmasidan keyin jarima maydonida hammadan baland sakray olgan Dragan Çeran «Nasaf» darvozasini işğol etdi – 1:0.
Uçraşuvning qolgan yarim soati davomida tomonlar maydonda asabiy va murosasiz kuraş taqdim etgan bölişsa-da, tablodagi hisob özgarmadi.
Şu tariqa, «Paxtakor» Slavçe Voyneski qöl ostidagi dastlabki rasmiy bahsda Çeranning yagona goli evaziga mavsumni sovrin bilan boşladi va 2021 yilgi Samarqanddagi kubok finalida uçralgan mağlubiyat uçun öziga xos revanş oldi.
Özbekiston Superkubogi – 2022.
27 fevral (yakşanba)
«Paxtakor» – «Nasaf» – 1:0
Boş hakam: Akobirxöja Şukurullayev (Toşkent)
VAR hakami: Ahrol Risqullayev
VAR assistent: Rustam Lutfullin
Gol: Dragan Çeran, 61.
«Paxtakor»: Eldor Suyunov (Sanjar Quvvatov, 45), Hojiakbar Alijonov, Aleksey Larin, Kamen Xadjiyev, Farrux Sayfiyev, Odiljon Hamrobekov, Ikrom Aliboyev, Sardor Raşidov (Hojimat Erkinov, 81) Sardor Sobirxöjayev (Oliver Şarkiç, 81), Aziz Turğunboyev, Dragan Çeran.
«Nasaf»: Umid Ergaşev, Dilşod Saitov, Ğolib Ğaybullayev, Umar Eşmurodov, Şerzod Nasrullayev, Akmal Mozgovoy, Marko Stanoyeviç (Bahrom Abdurahimov, 80), Ivan Solovyov (Aziz Xolmurodov, 80) Şarof Muhidinov, Suhrob Nurulloyev (Husniddin Aliqulov, 87), Husayn Norçayev.
Ogohlantirişlar: Farrux Sayfiyev 12, Ikrom Aliboyev 54, Sanjar Quvvatov 76, Dragan Çeran 84 – Marko Stanoyeviç, 20.












