Futbol böyiça Özbekiston Superkubogi uçun bahsda amaldagi çempion, Qarşining «Nasaf» klubi va kubok sohibi «Andijon» özaro bellaşdi.
Toşkentdagi «Bunyodkor» stadionida 13 mingdan ortiq tomoşabin qarşisida ötgan öyin taqdirini yagona gol hal qildi.
72-daqiqada boş hakam Ilgiz Tantaşev andijonliklar darvozasi tomon penalti belgiladi. 11 metrlik nuqtaga yaqinlaşgan Husayn Norçayev bu imkoniyatdan unumli foydalandi – 1:0. Bu natija öyin oxiriga qadar özgarmadi.
Şu tariqa, «Nasaf» öz tarixida 4-marta Özbekiston Superkubogiga ega çiqdi. Bu özbek futbolidagi eng yaxşi körsatkiç hisoblanadi.
Şuningdek, Özbekiston Superkubogida «Paxtakor» va «Lokomotiv» 2 martadan, «Bunyodkor» va «Navbahor» 1 martadan ğalaba qozongan.
Özbekiston Superkubogi-2025
Toşkent, 27 may, «Bunyodkor» stadioni
NASAF (Qarşi) – Andijon 1:0
Gol: Husayn Norçayev 72 (pen)
NASAF: Abduvohid Ne’matov, Alibek Davronov, Ğolib Ğaybullayev, Akmal Mozgovoy, Dragan Çeran (Zafarmurod Abdirahmatov, 90), Şarof Muhitdinov (Şerzod Nasrullayev, 65), Husayn Norçayev, Stefan Çoloviç (Rubin Hebay, 65),Şuhrat Muhammadiyev (Igor Golban, 90), Oybek Bozorov, Umarbek Eşmurodov.
ANDIJON: Valijon Rahimov, Islombek Mamatkazin, Abdulvohid Ğulomov, Altin Kreziu (Damin Temirov, 75), Ilhomjon Abduğaniyev (Mirzad Mexanoviç, 75), Islam Maşukov (Rustam Turdimurodov, 73), Usmonali Ismonaliyev, Doniyor Abdumannopov, Muhammadkarim Toirov, Luka Uskokoviç, Bektemir Abdumannonov.
Ogohlantiriş: Akmal Mozgovoy (24), Usmonali Ismonaliyev (71)












